Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/10/2025
Chop etish
“Besh tashabbus” olimpiadasi davom etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Besh tashabbus” olimpiadasining universitet bosqichi qizg‘in tarzda davom etmoqda.

Bugun bellashuvlarning ikkinchi kuni bo‘lib, universitetning ochiq sport maydonida ertalardanoq jonlanish, qiziqish va raqobat muhiti hukm surmoqda.

Talabalar jamoalari bugun sportning stritbol turi bo‘yicha bellashishmoqda. Ushbu musobaqa nafaqat yoshlarni sog‘lom turmush tarziga undash, balki ularda jamoada ishlash, o‘zaro hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Kun oxirida g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanib, ular tantanali taqdirlash marosimida munosib rag‘batlantiriladi.


Ulashish:
898
Boshqa rubrikalarda mashhur

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimining ilmiy muammolari.
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimining ilmiy muammolari pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish hamda zamonaviy ta’lim talablariga mos ilmiy yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan dolzarb masalalarni...
JDPUda pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan uzluksiz kasbiy rivojlanish o‘quv seminarlarining navbatdagi bosqichi yakunlandi.
Mashhur ekspert-trener, professor Ishmuhammedov Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida o‘tkazilgan uch kunlik seminarlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar tinglovchilarga sodda va ta’sirchan usullarda yetkazildi.
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun TOP–300 OTMlar tajribasiga asoslangan o‘quv seminari davom etmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun dunyoning TOP–300 oliy ta’lim muassasalari tajribasiga asoslangan o‘quv seminari o‘z ishini davom ettirmoqda.