Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/01/2026
Chop etish
Aniq fanlar fakulteti talabalari xalqaro IT sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

Universitetning Aniq fanlar fakultetida tahsil olayotgan 23 nafar iqtidorli talaba Universitet rektorining 2025-yil 20-oktabrdagi 327-U sonli buyrug‘iga asosan Viloyat IT parkida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida tashkil etilgan o‘quv kurslarida ishtirok etdi.

Mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar xalqaro professional IT-sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar. Talabalarning o‘quv kurslari uchun to‘lovlari universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab berildi.

Ushbu tashabbus yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Talabalar hamda ularning ota-onalari yaratilgan imkoniyatlar va ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak uchun Universitet rektori Yuldashev Maksudjon Abdullayevichga chuqur minnatdorlik bildiradilar.


Ulashish:
1 689
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniylar” kengashi va Jizzax shahar Nuroniylar kengashi huzuridagi “Buvijonlar maktabi” hamkorligida Amir Temur tavalludining 690-yilligi oldidan badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.