Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/02/2021
Chop etish
Amerika Kengashlarining O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori janob Uilyam ORoarkning Jizzax davlat pedagogika institutiga tashrifi

Avvalo ushbu tashkilot bo‘yicha qisqa ma’lumot :

AQSh va Markaziy Osiyo universitetlari o‘zaro hamkorligini qo‘llab-quvvatlovchi UniCEN dasturi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida mustaqil xalqaro aloqalar uchun imkoniyatlar yaratadi. UniCEN AQSh oliy ta’lim tizimini amaliy tomondan tushunishga erishish maqsadida Markaziy Osiyo bo‘ylab tanlangan universitetlarni qo‘llab-quvvatlaydi va muvaffaqiyatli hamkorlik uchun sharoit yaratadi. Ana shunday ezgu niyatlarda bugun Jizzax davlat pedagogika institutiga Uilyam ORaork boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

 

 

Do‘stona ruhda bo‘lib o‘tgan ilk uchrashuv avvalida tomonlar muloqoti ma’lumotlar almashunuvi bilan boshlandi. Ta’kidlash joiz bo‘lajak hamkorlar ayni kunlargacha yurtimizdagi 9 ta OTM lari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolagan bo‘lib ular bilan doimiy faoliyat yo‘lga qo‘yib olingan. Yaqindan tanishuv, samimiy suhbat tarzda bo‘lib o‘tgan uchrashuv  davomida Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.S.Sharipov amerikalik hamkorlar bilan bir loyihada ishlash bizning ta’lim muassasamiz, xususan talaba yoshlarimiz  uchun ham juda ko‘p foydali tomonlari borligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng mehmonlar institutning Chet tillar fakultetiga tashrif buyurishdi. Fakultet o‘qituvchilari bilan uchrashuv davomida mehmonlar institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv qo‘llanmalari bilan ham tanishib chiqishdi.

Dastlabki uchrashuv kelishuviga ko‘ra har ikkala tomon ham o‘rtaga tashlangan takliflar yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini keyingi uchrashuvlarda bildirishga kelishib olindi.


Ulashish:
746
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.