Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/02/2021
Chop etish
 “Ajdodlarimiz merosi – ma’naviyatimiz sarchashmasi”

Joriy yilning 8 fevral kuni Institut tarix fakulteti bilan hamkorlikda buyuk mutafakkkir Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan “Ajdodlarimiz merosi – ma’naviyatimiz sarchashmasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda  Institut tarix fakulteti professor-o‘qituvchi va talabalari hamda axborot-resurs markazi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni Tarix fakulteti dekani A. Pardaev  kirish so‘zi bilan ochib: “Ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri A. Navoiy butun umri davomida adab ahliga rahnamo va homiylik qilib kelganligi bilan o‘rta asr o‘zbek va fors-tojik adabiyotida, madaniy hayotida chuqur iz qoldirgan”, -deya ta’kidladi.

 

 

 

 

 

 

So‘ngra,  fakultet o‘qituvchisi, falsafa fanlari nomzodi professor B. Ochilova so‘zga chiqib: “A.Navoiyning bebaho va barhayot ijodiy merosi, badiiy tafakkur durdonalari asrlar osha e’tiborli e’zoz olib kelmoqda. Mustaqillikka erishgach, barcha ulug‘ allomalarimiz qatori hazrat ijodi va hayotini o‘rganishga bo‘lgan e’tibor yanada ortdi. Shoir tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlab joylarda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar  yana bir karra o‘z e’tirofini topmoqda” deya fikr bildirdi.

Tadbirda tarix fakulteti o‘qituvchisi, dotsenti K. Yusupov  ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida: “Navoiy  buyuk shoir va mutafakkir zot. Bu haqiqat quyoshday barchaga ayon. Quyoshning ta’rifini takrorlayverish esa shart emas. Ammo ana shu buyuklik qudrati  har bir asarda namoyon bo‘lishini tahlil qilib ko‘rsatish, ma’nolar jilosini anglash va undan huzurlanish, albatta foydalidir”,-dedi.

Shundan so‘ng, fakultet talabalari shoir ijodidan na’munalar o‘qidi. Tadbir so‘ngida  JDPI  ARM xodimlari tomonidan tayyorlangan                   “Ajdodlarimiz merosi – ma’naviyatimiz sarchashmasi” hamda “Yangi adabiyotlar sizlar uchun” mavzusidagi adabiyotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.


Ulashish:
908
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Paxtakor tumanida doimiy istiqomat qiluvchi bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Default image
Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurgan 172 nafar maktab o‘quvchilari oliygohning o‘quv va ijtimoiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
JDPU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirdi.