Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/11/2025
Chop etish
A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasida 2025-yil 14-noyabr kuni “Boshlang‘ich ta’limning zamonaviy tendensiyalari: ta’lim va tarbiya jarayonida didaktik vositalardan foydalanishning dolzarb vazifalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Tadbirni universitet rektori, professor Yuldashev Maqsud Abdullayevich ochib berib, mamlakatimizda ta’lim sohasi, xususan maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlariga berilayotgan e’tibor, zamonaviy didaktik vositalar va sun’iy intellektning o‘quv jarayonidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Konferensiyada O‘zbekiston bilan bir qatorda Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlarning yetakchi olimlari, pedagoglari va metodistlari ishtirok etib, boshlang‘ich ta’limning dolzarb masalalari, innovatsion metodlar, sun’iy intellektdan foydalanishning afzalliklari, xalqaro baholash dasturlari hamda ilg‘or pedagogik yondashuvlar bo‘yicha ma’ruzalar taqdim etdilar.

Xususan, Turkiya Respublikasidan prof. Dr. Mustafa Çevik, Ozarbayjon Fan va ta’lim vazirligidan Buyukaga Mikayili, Janubiy Qozog‘iston universitetidan prof. Saule Abdrazakhovna, Yangi Asr universitetidan prof. Dilmurad Mamatov, Guliston davlat universiteti professori Baxtiyor Raximov va boshqa mutaxassislarning chiqishlari ilmiy muhokamalarga boy bo‘ldi.

Tadbir doirasida ma’ruzalar tinglanib, fikr almashuvlar o‘tkazildi. Anjuman yakunida 200 dan ortiq mahalliy va 20 ga yaqin xorijiy tadqiqotchilarning maqolalaridan iborat ilmiy to‘plamni chop etish rejalashtirilgan.


Ulashish:
1 531
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.