Ekofaol talabalar
Ekofaol talabalar
|
02/12/2025
Chop etish
JDPU Akademik litseyida “Ekologik mas’uliyat” haftaligi boshlandi.

Haftalik doirasida “Ekologik qonunchilik — mening huquq va burchlarim” mavzusida 120 nafar o‘quvchi ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Ochilish marosimida JDPU xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z. Kasimova ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitni asrash va ekologik qonunchilikka rioya qilishning ahamiyatini ta’kidladi.

Davra suhbatida ekologik huquqlar, fuqaro burchlari, amaldagi ekologik qonunchilik, yoshlarning ekologik faolligini oshirish yo‘llari hamda chiqindilarni to‘g‘ri saralash madaniyati kabi mavzular yoritildi. Haftalik davomida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rgazmalar, ekologik aksiyalar va chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Ulashish:
2 030
Boshqa rubrikalarda mashhur

Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.
Talabalar oqshomi: iste’dod va yoshlik taronasi
Jizzax davlat pedagogika universitetining 5-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar tashabbusi bilan “Talabalar oqshomi” konsert dasturi tashkil etildi.
Yoshlar uchun ilmiy va innovatsion imkoniyatlar
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yoshlar kuni” doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.