Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/11/2025
Chop etish
JDPU talabasi Gulsevar G‘aniyeva jahon kubogida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

14–20 noyabr kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida WORLD BOXING tashkiloti tomonidan boks bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli musobaqada Jizzax davlat pedagogika universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti 3-kurs talabasi Gulsevar G‘aniyeva 51 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, faxrli bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Gulsevarning mazkur yutug‘i uning mehnati, matonati va murabbiylarining yuqori tayyorgarligi samarasi sifatida ahamiyat kasb etadi.

JDPU jamoasi talaba-qizni ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklaydi va kelgusi musobaqalarda ham yangi zafarlar tilaydi.


Ulashish:
2 185
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Kasb va mehnat kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Jizzax viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Kasb va mehnat kuni” tadbiri doirasida viloyatdagi tashkilotlar, korxona va muassasalar hamda oliy ta’lim muassasalari o‘z ko‘rgazmalari bilan faol...
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning hududiy bosqichi davom etmoqda
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi basketbol bo‘yicha hududiy musobaqalarga Jizzax davlat pedagogika universiteti mezbonlik qilmoqda.
Bitiruvchilar uchun aniq yo‘l xaritasi
JDPUda bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv va seminar o‘tkazildi.