Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/11/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash – davr talabi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, diniy va dunyoviy bilimlarni uyg‘unlashtirish, buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga qarshi kurashishda ogohlikni oshirishga qaratildi.

Uchrashuvda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mutaxassislari A.S. Mamadaliyev va B.Z. Mahmudov, shuningdek universitet rahbariyati vakillari talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ma’rifatning jaholatga qarshi eng kuchli qurol ekanini ta’kidlashdi.

Shuningdek, yoshlar orasida diniy savodxonlikni oshirish, aqidaparastlikning paydo bo‘lish sabablari va uning oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan fikrlar bildirildi. Radikal oqimlarning asosan diniy bilimi yetarli bo‘lmagan yoshlarni nishonga olayotganini qayd etishdi.

Uchrashuvda talaba yoshlar globallashuv sharoitidagi mafkuraviy xatarlar, internetdagi manipulyativ axborotlar hamda terroristik guruhlarning tuzoqlari haqida ogohlantirilib, yoshlarning mustaqil fikrlashi va hushyorligi muhimligi alohida urg‘ulandi.

Tadbir davomida talabalar mutaxassislarga savollar berib, diniy va dunyoviy bilimlarni to‘g‘ri manbalardan olish, radikal g‘oyalarning asl mohiyatini tushunish bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Uchrashuv yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularni mafkuraviy xatarlaridan himoya qilish hamda ilm-ma’rifatga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.


Ulashish:
2 188
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...