Insoniylikka qo`yilgan qadam!
Bir sahrolik kishiPayg`ambarimizhuzurlariga kelib,“Ey Allohning rasuli, men eng yaxshi inson bo`lishni xohlayman. Nima qilsam bu martabaga erishaman”-desa,Payg`ambarimiz “Insonlarga (jamiyatga ) foydali bo`l, eng yaxshi inson bo`lasan” deydilar.
Zero insonning kim ekanligi, mashaqqat va sinovli kunlarda ko`rinadi. Bugun butun dunyoni tahlikali vaziyatga solib qo`ygan, minglab insonlarning boshiga og`ir kunlarni solayotga koronavirus pandemiyasi ming afsuski bizning yurtimizni ham chetlab o`tmadi. Murakkab jarayonlarni bartaraf etish xalqni ta`minlash, iqtisodiyotni qo`llab-quvvatlash, vaqtincha ishlamayotgan oilalarni og`irini yengil qilish maqsadida davlatimiz rahbari, o`zbek xalqining tarix va ma`naviy qadriyatlarini mehr – saxovat , oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda , “Saxovat va ko`mak” umumxalq harakatini yo`lga qo`ydilar. Bu harakat o`zbek xalqining bir-tanu, bir-jon ekanligini yana bir bor isbotladi.Saxovatpesha tadbirkorlarimiz, fermerlarimiz, jonkuyar ziyolilarimiz, davlat va jamoat xodimlarining xayr- ehsonlari bugun odamiylikka qo`yilgan qadam bo`ldi. Yurtboshimizning olib borayotgan siyosatlari nafaqat yon atrofimiz bilan cheklanib qolmay, balki chekka- chekka qishloqlardagi karantin sababliijtimoiy himoyaga muhtoj, ko`p farzandli oilalarni, nogironligi bo`lgan shaxslarni, xatto o`z daromatini yo`qotgan vaqtincha ishsiz aholini ham e`tibordan chetda qoldirmadi. Birgina insonning o`zi,hamdavlat siyosati,ham COVID-2019 bilan ayovsiz kurash, har qadamimiz tahlikali bo`lgan vaziyatda ham, aholining og`irini yengil qilish, kuni kecha Buxoro viloyati Qorako`l va Olot tumanida yuz bergan tabiiy ofatda, xalq bilan birga bo`lib, sinovli kunida yonma- yon turishlari,rosti yuragimni jumbushga keltirdi. Muhtaram Prezidentimizning “Men uchun har bir qishloq, har bir mahalla, har bir ko`cha aziz ” degan so`zlarini eshitib, bolaligim o`tgan tuproq ko`chalar ko`z oldimda gavdalandi.“Mehnat qilamiz , jipslashamiz… Aziz xalqimni qutqarish, men uchun ham qars, ham farz ” deya ta`kidlashlari ota- onam,aka-ukalarim, qarindosh- urug`larim, salomatliginio`ylab yo`qolgan halovatimni topishga yordam berdi.Yaqinlarimiz holidan xabar ololmayotgan bir paytimizda yurtboshimizning ular oldida bo`lishlari menkabi musofirlar yuragiga behisob taskin berdi. Ishonamanki, bizning sabr – bardoshli xalqimiz, doimo xalqi bilan birga bo`layotgan odil Prezidentimiz bor ekan, har qanday sinovni yengamiz. Bu yo`lda birdam bo`lib, qo`lni –qo`lga berib, o`z imkoniyatidan kelib chiqqan holda harakat qilish menimcha Vatanim , yurtim deydigan har bir fuqaroning vijdoniy burchidir. Aziz yurtdoshlar! Keling, muborak Ro`zai Ramozon oyida bir yoqa- yeng bo`lib, “Saxovat va ko`mak” umumxalq harakatiga birlashaylik. Zero Tangri ko`rguchi va bilguchidir!
Bu yurt, aviyolar yurtidir hamon,
Sinovlardan sabring sinmasin qalbim,
Yetti pir qo`llagay, Naqishband bobom.
Ortingda yurtboshing turibdi xalqim!
Xalq deputatlari Jizzax shahar
Kengashi deputati Feruza Soliyeva.