Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/11/2025
Chop etish
Jizzaxda buyuk davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov tavallud kuni nishonlandi.

Bugun Jizzax viloyatida yurtimizning atoqli davlat va jamoat arbobi, yozuvchi va xalqparvar inson Sharof Rashidovning tavallud kuni keng nishonlandi.

Erta tongdan viloyatdagi ko‘plab tashkilotlar, muassasalar hamda jamoat vakillari viloyat hokimligi tashabbusi bilan Sharof Rashidov haykali poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdilar.

Tadbirda Jizzax davlat pedagogika universitetining professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar ham faol qatnashdilar.

Tantanali marosimni viloyat hokimi o‘rinbosari Akmal Savurboyev ochib berdi. U o‘z nutqida Sharof Rashidovning hayot yo‘li, sermazmun ijodi va xalqimiz uchun qilgan beqiyos xizmatlari haqida so‘z yuritdi.

 

Tadbir davomida bir guruh ijodkorlar, shuningdek Sharof Rashidovni shaxsan tanigan insonlar o‘z xotiralari va samimiy fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Marosim Sharof Rashidov haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish bilan yakunlandi.


Ulashish:
1 762
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.