Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/11/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasining AQShdagi City University of New York (CUNY)ga tashrifi haqida.

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Yuldashev Maksudjon Abdullayevich boshchiligidagi delegatsiya Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu-York shahrida joylashgan City University of New York (CUNY) universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tomonlar Oʻzbekiston va AQSh oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, akademik almashinuv dasturlarini yoʻlga qoʻyish, hamda pedagogik taʼlim sifatini oshirish bo‘yicha ilgʻor tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar.


Shuningdek, uchrashuv chog‘ida professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari, va qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Delegatsiya CUNY universitetining Vitse-Prezidenti Dr.Nathalia Holtzman, Center for Global Engagement boʻlimi boshligʻi Dr. Stephen Ferst bilan uchrashib, xalqaro bo‘limida bo‘lib, xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi faoliyat bilan yaqindan tanishdi.


Tashrif Jizzax davlat pedagogika universitetining xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘quv jarayoniga tatbiq etish va taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.


Ulashish:
1 137
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...