Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/03/2020
Chop etish
Munosabat…

               “ Niqob taqsak ham asl yuzimiz ko‘rinib qolayapti …”

         Eskilarda “el boshiga ish tushganda chetda turma”  degan purma’no ibora bor. Bu iborani nega esladim? Xabaringiz bor bugun barchamiz  sinovli davrni boshdan kechirayapmiz. Aminmanki shu tobda  ko‘nglida  tug‘ilib o‘sgan yurtiga, yon atrofdagilarga mehri- muhabbati bo‘lgan inson  imkoniyat darajasida el koriga yarashga harakat qiladi. Kimdir o‘z hisobidan muxtojlarga oziq ovqat va mablag‘ bilan,  yana kimlardir  o‘z mehnati bilan, ayrimlar esa hech bo‘lmasa  bir og‘iz shirin so‘zi bilan  madad bo‘lishga intilishmoqda.  Afsuski shunday paytda ham  “Tirnoq ostidan kir qidirib” bo‘lar bo‘lmas narsani dunyoga doston qiluvchilar ham borligi kishini o‘ylantiradi.

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i  Abduvali Xoliqov  ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda Jizzax davlat pedagogika instituti  faoliyati bilan bog‘liq savol ko‘pchilik qatori meni ham munosabat bildirishga  majbur qildi. E’tiboringizni ushbu savolga qarataman:  “Koronavirus sababli oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ishga borishi taqiqlangan bo‘lsa ham, JDPI rektori professor-o‘qituvchilarni ishga kelishini talab qilmoqda, bunga amal qilish kerakmi?”  bu savolga  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i  Abduvali Xoliqov  qay darajada to‘g‘ri javob berganini bilmadim-u, ammo men shunday javob berishga qaror qildim. Bugun Jizzax davlat pedagogika institutida jami 963 nafar professor o‘qituvchilar va ishchi xodim faoliyat yuritadi. Institut rektorining 24.03.2020 yildagi 76-K-hamda 31.03.2020 yildagi 87-K-buyrug‘iga ko‘ra 350 nafar ishchi xodim va 502 nafar professor o‘qituvchilar mehnat ta’tilida.  Savolda aytilganidek hech kim ishga kelishi talab qilinayotgani yo‘q.  Ta’kidlash joiz professor o‘qituvchilarimizning sa’y harakati bilan talabalarga masofadan ta’lim berish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.  Boshqalarni bilmadim-u ammo menga  ham  mehnat ta’tiliga chiqish taklifi berildi. Kimga yolg‘on, kimga chin men bu taklifni rad etdim. Savol yo‘llagan “kimsa”ga shunday so‘zim bor siz istamasangiz sizni hech kim majburlab ishga keltirolmaydi. Bu mehnat kodekslarida ham va bir qator qonunlarimizda ham belgilab qo‘yilgan. Qonun bo‘yicha siz  belgilangan tartibda yoki o‘z hisobingizdan mehnat ta’tiliga chiqishga haqlisiz. Bu borada sizga hech kim to‘siq bo‘lolmaydi. Hurmatli savol yo‘llagan “hamkasaba” shuni unutmangki dunyoda yozilmagan ammo har birimizga tanish va qon qonimizga singib ketgan “qonunlar” ham bor. Ular vatanparvarlik,  fidoyilik, oqibatlilik kabi ezgu tuyg‘ularni o‘zida mujassam etadi. Istardimki, bo‘hton va g‘iybatlarni bir chega surib vijdon amri bilan ish qilaylik, tomoshabin bo‘lmaylik. Yaxshilik qilmasak ham yomonliklardan tiyilaylik. Niqob taqsak ham asl yuzimiz ko‘rinib qolmasin. Hech bo‘lmasa shu kunlarda “odam bo‘laylik….” !

                                                                                                                                                                Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati

 


Ulashish:
828
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU rahbariyati talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati, prorektorlar hamda tegishli bo‘lim boshliqlari Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, yotoqxonalardagi mavjud sharoitlar va talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rgandilar.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Shanba — uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni” doirasida navbatdagi o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida an’anaviy tarzda har shanba kuni o‘tkazib kelinayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Talabalar jazoni ijro etish muassasasi faoliyati bilan tanishdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti...