Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/10/2025
Chop etish
“IT-industriya va startaplarni rivojlantirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida iqtidorli talabalarning IT sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va ularning startap yo‘nalishidagi bilimlarini kengaytirish maqsadida “IT-industriya va startaplarni rivojlantirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda “IT Par” va “Startap Garaj” hududiy bosh menejeri Narimanov Shoxrux BaxodirovichStartaplar va ularni rivojlantirish bosqichlari” mavzusida ma’ruza o‘qib, talabalarni startap g‘oyalari, grantlar va venchur fondlar faoliyati bilan tanishtirdi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi Jizzax yoshlar texnoparki direktori Xudayberdiev Samad ZakirovichG‘oyadan – amaliyotgacha” mavzusidagi taqdimoti orqali yoshlar texnoparkining faoliyati, startaplarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir davomida talabalar startap yo‘nalishidagi amaliy jarayonlar, moliyalashtirish manbalari va IT sohasidagi zamonaviy tendensiyalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi


Ulashish:
2 196
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali bo‘lib o‘tdi
Jizzax shahridagi “Yoshlar shaharchasi”da bo‘lib o‘tgan festivalda poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
Jizzaxda “Vatanparvarlik paradi” tantanali ruhda o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax shahrida “Vatanparvarlik paradi” yuqori saviyada tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida ijodiy imtihonlar davom etmoqda
Ijodiy (kasbiy) imtihonlarning ikkinchi kunida abituriyentlar Musiqa ta’limi hamda Sport faoliyati: dzyudo ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etmoqda.