Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
10/10/2025
Chop etish
Sirtqi ta’lim talabalari ishtirokida korrupsiyaga qarshi seminar-trening!

Jizzax davlat pedagogika universitetining O‘zbek tili va adabiyot yo‘nalishi 4-kurs talabalari uchun “Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE)” dasturi doirasida seminar-trening tashkil etildi.Tadbir davomida talabalarga korrupsiya tushunchasi, turlari, javobgarlik masalalari hamda akademik halollik tamoyillari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Prezidentimizning 2025-yil 5-martdagi tanqidiy-tahlil nutqi mazmuni tahlil qilinib, undagi halollik va mas’uliyat tamoyillari muhokama etildi.   “Tarbiya” fani doirasida yoshlar ongida halollik, vijdonlilik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik kabi ezgu qadriyatlarni shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.

Talabalarga korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi haqidagi hukumat qarori haqida ham amaliy tushunchalar berildi.

Tadbir yoshlarning huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashda faol pozitsiyani shakllantirishga xizmat qildi.


Ulashish:
1 756
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.