Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/07/2025
Chop etish
Maqsadlar sari yangi qadamlar! Jizzax davlat pedagogika universitetida diplom topshirish marosimlari davom etmoqda.
Bugun Boshlang‘ich ta’lim fakultetida diplom topshirish marosimi bayramona va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Tantanali tadbirda universitet rahbariyati, fakultet dekanati, professor-o‘qituvchilar, aziz mehmonlar va bitiruvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida universitet rektori Shavkat Sharipov so‘zga chiqib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ayniqsa, pedagogik kadrlarning jamiyatdagi beqiyos o‘rni haqida ijobiy fikrlarini bildirdi.

Diplomlar bitiruvchilarga tantanali tarzda topshirildi. O‘qituvchilarning samimiy tilaklari va bitiruvchilarning minnatdorlik so‘zlari tadbirga alohida ruh va iliqlik bag‘ishladi.

Bugun universitet nafaqat bilimli, balki yuksak ma’naviyatli pedagoglarni jamiyat sari uzatdi. Ularning har biri – ertangi yorug‘ kelajagimizga ishonchli qadam, xalq ta’limi tizimida yangi nafas, kelajak avlodlarga mehru sadoqat bilan xizmat qiladigan ustozlardir.

Bitiruvchilarga oq yo‘l tilaymiz! Yangi hayot bosqichida ularga omad va zafarlar hamroh bo‘lsin!


Ulashish:
10 675
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari respublika konferensiyasida faol ishtirok etmoqda
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan, respublika miqyosida “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi!” mavzusidagi videokonferensiya bo‘lib...
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sohibi bo‘lgan talabalar taqdirlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida 18–29 yoshli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan sport sinovlarida yuqori natijalarga erishgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpoq yoshlari Jizzaxda: mazmunli uchrashuvlar va yangi tashabbuslar.
Nukus davlat pedagogika instituti delegatsiyasi dastlab universitetning zamonaviy infratuzilmasi, ilmiy laboratoriyalari, Registrator ofisi, Axborot-resurs markazi, muzeyi va sport inshootlari faoliyati bilan tanishdilar.