Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan “Butun kuchni xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik” shiori ostida Jizzax viloyati Paxtakor tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli bir qator umumta’lim maktablarida islohotlar samaradorligini ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish, ma’naviy-ahloqiy muhitini yaxshilash, o‘qituvchi kasbining obro‘yi, nufuzini oshirish hamda yangi davr pedagoglarini tarbiyalash va innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish maqsadida bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
Respublika Ishchi guruhi mas’ullari Jizzax davlat pedagogika instituti rektori prof. A.J.Xolbekov, o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i U.Jumanazarov, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Qayumov va Paxtakor tumani XTB mudirasi D.Xayrqulovalar dastlab Paxtakor tumanidagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lishdi. “Oila – mahalla – maktab – oliy o‘quv yurti” hamkorlik modeli asosidagi “Rektor soati” hamda “Mahorat darslari” davomida , o‘quvchilarning o‘qishga qizikishini oshirish, Oliy ta’lim tizimi haqida, jumladan, yaratilgan shart-sharoitlar, pedagogik talim mutaxassisliklari va yo‘nalishlari, xalqaro aloqalar va qo‘shma dasturlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
Maktabda o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy fanlar metod kuni” doirasida ishtirok etayotgan tumandagi Tarix fani o‘qituvchilariga JDPI rektori prof. Abdug‘ani Xolbekov tomonidan “Mustaqillik tarixi” va Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Qayumov tomonidan “Bugungi kun o‘qituvchisi o‘rganib-o‘rgatishi kerak” mavzusida mahorat darslari bahs va munozaralarga boy tarzda o‘tdi.
Ta’lim muassasasi kutubxonasida o‘quvchilar-kitobxonlar o‘rtasida“Mening sevimli o‘nta kitobim” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suxbati davomida Jizzax davlat pedagogika instituti rektori prof. Abdug‘ani Xolbekovdan o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Shuningdek ishchi gurux a’zolari Paxtakor tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham xuddi shunday uchrashuvlarni tashkil etishdi. Maktabda tashkil etilgan “Ijtimoiy fanlar metod kuni” doirasida ishtirok etayotgan tumandagi Huquq fani o‘qituvchilari bilan JDPI rektori prof. A.J.Xolbekov “Rektor soati” doirasida ochiq muloqot hamda Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Qayumov tomonidan “Bugungi kun o‘qituvchisi o‘rganib-o‘rgatishi kerak” mavzusidagi mahorat darsida o‘qituvchilar o‘zlari uchun mavzu yuzasidan turli ma’lumot va yangiliklarni olishdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasini va jamiyatda nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish borasidagi harakatlari, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirilishi mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ishtirokchilar nafaqat o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, balki o‘zlari ham fikr –mulohazalarini bildirishdi.
Shu kuni ishchi guruhi a’zolari ta’lim muassasalarining umumiy holati, quvvati, o‘quvchilar va pedagoglar jamoasi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport sog‘lomlashtirish holati, yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quv laboratoriya jihozlari, kutubxona bilan ham tanishishdi.
Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati