Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Talabalar bilan tanishuv tadbirlari fakultetlarda ham o‘tkazilmoqda .

Yaqinda Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakultetida ham 2019-2020 o‘quv yilida birinchi kurs maktabi dasturi doirasida “ORIENTATION WEEK” talabalar tanishuvi tadbiri o‘tkazildi Und: Yoshlar bilan ishlash prorektori S.Nazarqosimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori G‘.Qodirov, Tarix fakulteti dekani dots. A.Pardaev, Tarix fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Akchaev, guruh murabbiylari ARM, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi xodimlari, prof-o‘qituvchilar va talabalarishtirok etishdi.

Yig‘ilishni Yoshlar bilan ishlash prorektori S.Nazarqosimov ochib berdi. U o‘z so‘zida 1-kursga qabul qilingan talabalarni tabrikladi va birinchi kurs maktabi dasturi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi va ma’sul prof-o‘qituvchilar tarkibi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax Viloyat Musiqali Drama Teatri

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori G‘.Qodirov so‘zga chiqib birinchi kurs talabalariga institutda yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida gapirib talaba yoshlarni ilmiy izlanishlar olib borishga, fan olimpiadasi g‘oliblari, nomdor stipendiya sohiblari bo‘lishlari uchun bugundan harakat qilib borish kerakligi xususida to‘xtalib o‘tdi..

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax Viloyat Musiqali Drama Teatri

So‘zga chiqqan fakultet dekanlari birinchi kurs talabalarini tabriklash barobarida o‘zlari rahbarlik qilayotgan fakultetlar to‘g‘risida ma’lumot berishdi.

SHundan so‘ng birinchi kurs talabalari institut ARM va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat qilishdi. Talabalarga institut ARM etakchi mutaxassisi S.Isroilova ARMga a’zo bo‘lish shartlari, bo‘limlarning faoliyati va xizmat ko‘rsatish tartibi bilan tanishtirdi. Tadbir davomida birinchi kurs talabalarining ARM bo‘ylab tanishuv-ekskursiyasi tashkil qilindi. Talabalar har bir bo‘limga kirib ularning ish faoliyati bilan bevosita tanishishdi va o‘zlarida mavjud savollarga javob olishdi..

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax Viloyat Musiqali Drama Teatri

Tadbiring ikkinchi qismida birinchi kurs talabalarini institut tuzilmasida yaqinda tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrifi tashkil etildi. Muzey eksponatlari va faoliyat yo‘nalishlari haqida muzey direktori B.Ergasheva ma’lumot berdi. Tarix fakulteti talabalariga o‘z yashash manzillarida ushbu davrga oid eksponatlar mavjud bo‘lsa uni muzey fondiga topshirishlari mumkinligi to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.Talabalarning yaqinda tashkil etilgan “Yoshlar innovatsion markazi”ga tashrifi juda qiziqarli o‘tdi. Unda YOshlar ittifoqi viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari B.Ibodov bilan uchrashuv tashkil etildi va talabalarga markaz faoliyati unda tashkil etilgan to‘garaklar, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

Foto

Tadbir yakunida tarix fakultetining talaba yigit qizlari o‘qtuvchilar YUnus Rajabiy nomidagi Jizzax davlat musiqali drama teatrida bo‘lishdi. O‘zbekiston halq artistlari YOdgor Sa’diev va Erkin Komilovlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuv talaba yoshlar va yig‘ilgshanlarga zavq bag‘ishladi.

Tarix fakulteti

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Farrux Akchaev