Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/04/2024
Chop etish
JDPUda “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tadbirlar boshlandi.

“Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimiga taklif etilgan mehmonlar va tadbir ishtirokchilari tashrifni «Professorlar bog‘i»da tashkil etilgan kitobxonlik ko‘rgazmalarini tomosha qilishdan boshlashdi.

Tadbirning osilish marosimida so‘zga chiqqanlar esa yurtimizda aholi, ayniqsa, yoshlarda kitobga qiziqish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotganligini ta’kidlab, kitobning inson qalbida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, odamlarda mehr-oqibat tuyg‘ularini kamol toptirishdagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.

– Bugun universitetda»Kitobxonlik haftaligi»ga start berildi. Bu biz talabalar uchun yana bir imkoniyat desam xato qilmagan bo‘laman. biz bu yerda badiiy adabiyotlar bilan birgalikda yangi o‘quv darsliklari va ilmiy adabiyotlarni ham ko‘rdik.Maktablar uchun chiqarilgan yangi adabiyotlar ham e’tiborimni tortdi. Kitob ma’rifat va bilimlar manbaidir. Ko‘rgazmani aylanib yurarkanman universitet rektorining talabalar uchrashuvida aytgan bir iborasi yodimga tushdi.Bugun kitob o‘qisak ertaga uning nurida ko‘pgina yutuqlarga erishamiz o‘qisak ertaga unining nurida yashaymiz- deydi talaba Madina Xushvaqtova  Axborot kutubxona markazida kitobxonlar uchun barcha qulaylik va imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Bugungi yoshlarimiz orasida kitobga qiziqish tobora kuchayib bormoqda. Buni kutubxonaga va ko‘rgazmaga kelayotgan yoshlar misolida ham ko‘rish mumkin.


Ulashish:
1 147
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.