Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/04/2023
Chop etish
Birlashgan Arab Amirliklarining Xor Fakkan universiteti Professori Dr. Abdelfattah Othman Dimassi JDPUda bo‘ldi.

JDPU  “Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til” kafedrasi professor-o’qituvchilari taklifiga binoan Birlashgan Arab Amirligidagi Sharjah shahridagi Khorfakkan universiti dotsenti, psixolog Abdelfattah Othman Dimassi tomonidan «Metabilim (metakognissiya) – bilim olish yo’llarini o’rganish» mavzusidagi seminar tashkil etildi. Xorijlik mehmon ishtirokidagi seminarni Makabgacha ta’lim fakulteti dekani U.Jumanazarov ochib berdi.

Ushbu o‘quv seminari negizida talabalar va fakultet professor-o‘qituvchilari uchun mahorat darslari ham bo‘lib o‘tishi beliglangan edi. «Metabilim (metakognissiya) – bilim olish yo’llarini o’rganish» mavzusidagi mahorat darslarida talaba yoshlar va o‘qituvchilar faol ishtirok etishdi.  Metakognisiya – bu o’z fikrlash jarayonlarini anglash va tushunish; muvaffaqiyatli o’rganishning hal qiluvchi omilidir. Tadbir davomida metakognissiya orqali  talabalarning ta’lim natijalarini oshirish va ularning o’rganishlarini nazorat qilish va tartibga solish qobiliyatini yanada yuqori darajaga oshirish bo’yicha mazmunli va o’zaro foydali ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida  JDPU professor-o’qituvchilari xorijlik mehmonga Metakognitiv strategiyalarni o’qitishning ishchi xotira va so’zlarni aniqlashga ta’siri. Metakognitiv strategiyaning  akademik taʼlimga qoʻshgan hissasi mavzzusi yuzasidan savollar bilan murojaat qilishdi. Tadbir so‘ngida  o’zaro manfatli hamkorlik aloqalarini tuzish bo’yicha ham fikr almashinildi.


Ulashish:
1 281
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.