Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/12/2022
Chop etish
«Ta’limda ilg‘or xorjiy tajribalar ” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya  va matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni JDPU rektori prof. SH.S.Sharipov ochib berdi. Tadbirda nafaqat OAV vakillari balki talaba yoshlar ham ishtirok etishdi. Universitetda bugungi kunda 41 ta xorijiy OTMlar bilan xamkorlik shartnomasi imzolangan.  Hamkorlik aloqlarini Angliyaning Norwich Institute for language education va Portsmut universiteti, Fransiya davlatining INSHEA National Higher Institute for Training and Research on Special needs education Maxsus imkoniyati cheklangan Milliy ilmiy tadqiqot instituti, Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg P.F. Lesgaft nomidagi milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti, Qozon Federal universiteti, Novosibirsk Davlat universiteti, Tomsk davlat universiteti, Belorusiya davlatining Belorussiya davlat pedagogika universiteti, Turkiya davlatining Najimitdin Erbokan va Suleyman Demirel universitetlari, Qozog‘iston davlatining, Shimkent universiteti, M.Avezov nomli Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti, Janubiy Koreyaning Dongduk ayollar instituti, Qirg‘iziston davlatining Jusupa Balasag‘ina nomli Qirg‘iz milliy universiteti, Ukraina davlatining Vladimir Gnatyuka nomli Ternopol milliy pedagogika universiteti, Ozarbayjon davlatining Nizomiy Ganjaviy nomidagi Ozarbayjon adibiyot instituti, Polsha davlatining Opole universitetlarini aytish mumkun.

Shundan Porsmut universiteti, Janubiy Federal universiteti, Novosibrsk davlat universiteti va Tomsk davlat universitetlari dunyoning kuchli 1000 talik OTMlari ro‘yxatiga kirgan. Matbuot anjumani davomida mavzu yuzasidan berilgan savollarga universitet Ilmiy innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.Qodirov hamda xalqaro bo‘lim boshlig‘i N. Muhitdinovalar javob berishdi.


Ulashish:
625
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.