«Universitetning ichki tartib qoidalari va erta turmushning oldini olish» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mutaxassislarning fikricha, yigit-qizlarning turmush qurish yoshi oila mustahkamligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biridir. Afsuski, ayrim ota-onalar ko‘pincha farzandining kelajak taqdiri, baxt-saodati haqida o‘ylamay, hali balog‘at yoshiga yetmagan qizini uzatish yoki qarindoshimning qizi begona bo‘lmasin, deb o‘g‘il uylantirish taraddudiga tushadi. Buning oqibatida bo‘lg‘usi onaning salomatligi va ruhiyati, qolaversa yosh oilaning mustahkamligi, tug‘ilajak farzandining sog‘lomligi xavf ostida qoladi.
Talaba qizlar o‘ratsida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, tibbiy madaniyatini oshirish va yoshlarning nikohga oid tushunchalarini kengaytirish, qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohlarning oldini olish maqsadida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda ana shu dolzarb mavzuga e’tibor qaratildi. Universitetning Boshlang’ich ta’lim fakulteti Xotin-qizlar bo’yicha dekan maslaxatchisi G.Kuttibekova hamda unversitet xotin-qizlar masalalari Kengashi raisi Z. Abduvaliyeva tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda Mediatsiya va psixalogiya markazi raxbari M.Raxmanova, psixolog kansultant faoliyatida ish yurituvchi X.Ummatova hamda birinchi kurs talaba qizlar ishtirok etishdi.
Mediatsiya va psixalogiya markazi psixologlari o‘z chiqishlarida talabalarning xususan yosh qizlarning ma’naviy dunyoqarashiga salbiy ta’sirlar va ularni bartaraf etish, ularni o‘z-o‘ziga adekvat baho berishga o‘rgatish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish, muloqotchanlik xususiyatlarini rivojlantirish, shaxslararo munosabatlarda muloqotga kirisha olish qobiliyatini oshirish, har qanday vaziyatlarda o‘zini erkin tuta olish ko‘nikmalarini shakllantirish, eshitish va tinglash malakasini rivojlantirish, turli xil vaziyatlarda o‘zgalar bilan muloqotga kirishish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida turli test usullaridan foydalangan holda mashg‘ulotlar o‘tkkazishdi. Ochiq muloqot va suhbat tarzida o‘tkazilgan tadbirda talaba qizlar ham mavzuga oid savollar bilan murojaat qilishdi.