Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/09/2022
Chop etish
Rasman: super-kontrakt bo‘yicha ayrim tartiblar tasdiqlandi

Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi.

Eng katta yangilik, bu abiturient o‘zi tanlagan BIRINChI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda o‘z xohishi bilan BIRINChI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Ya’ni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abiturient ikkinchi yoki to‘rtinchi yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat BIRINChI yo‘nalishga qilishi mumkin.

Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abiturientlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Abiturientlar kontrakt.edu.uz saytiga kirib, bemalol ariza qoldirishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman?

Javob: https://t.me/xushnudbek/15751

Yo‘nalishlar kesimida super-kontrakt narxi qancha?

Javob: https://t.me/xushnudbek/15833

4 ballgacha yetmaganlarga ham 10% chegirma beriladimi?

Javob: https://t.me/xushnudbek/15834

Vaksina olganlarga chegirma beriladimi?

Javob: https://t.me/xushnudbek/15837


Ulashish:
1 299
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
JDPU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan Jizzax shahridagi 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchilari bilan “Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusida uchrashuv...
“Ustozlar xotirasi — qalbimizda”
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport fakultetida “Ustozlar xotirasi — qalbimizda” nomli xotira tadbiri o‘tkazildi.
“Tilshunoslik va til o‘qitish metodikasining dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” – xalqaro konferensiya boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakulteti hamda “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi” kafedrasi tashabbusi bilan “Tilshunoslik va til o‘qitish metodikasining dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” mavzusida...