Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/11/2017
Chop etish
Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax musiqali drama teatrida“Kashmir qo‘shig‘i” (Sharof Rashidov) sahna asari namoyish etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida” gi PQ-2854-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan talabalar va faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar uchun Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax musiqali drama teatrida“Kashmir qo‘shig‘i” (Sharof Rashidov) sahna asari  namoyish etildi 

Sahna asarining namoyishini institut rektori, prof. A. Xolbekov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ma’ruzachi o‘z nutqida asar mazmunini tashkil qilgan g‘oyaning o‘sha davr va bugungi kun  uchun ahamiyati haqida gapirdi.

Sahna asarining mazmunini  majoziy muhabbat, do‘stlik, insonlarga nisbatan mehr-shavqat kabi tuyg‘ular tashkil qiladi. Asar qahramonlari Bambur va Nargis o‘rtasidagi muhabbat shu jarayonga bog‘liq bo‘lgan muammo mustamlakachilik, milliy ayirmachilik, diniy mutaassiblik muammolariga  ham bevosita aloqador. Chunki haqiqiy ko‘ngil sohiblari jamiyat hayotida ro‘y berayotgan adolatsizlik, nohaqlik va milliy-diniy kamsitishlarga panja ostidan qaray olmaydi. Bunday jarayonlarga albatta, o‘z  munosabatini bildiradi. Bu munosabat mustamlakachi amaldorlarga xush kelmaydi, uni jismonan yo‘q qilishga harakat qilishadi. Muallif ushbu asarni hind diyorida bo‘layotgan voqealarga bag‘ishlab yozgani bejizga emas. Chunki o‘sha davrda Hindiston mustaqillikka erishadi va ingliz mustamlakachilarining so‘nggi hiylasi qurboniga aylanadi.

Bu hududdagi diniy qarama-qarshiliklar oxir-oqibatda mamlakatning bo‘linib ketishiga Hindiston va Pokiston deb ataluvchi davlatlarga ajralib ketishiga sabab bo‘ladi. Buni biz Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostonida ham o‘z ifodasini tongan. Ushbu doston Hindistondagi diniy urushlar oqibatida yurtning buyuk farzandlari halok bo‘lishi voqeasi, insoniyat taqdiridagi muammolar, ularning yechimi, boylik va ma’rifat, razolat va haqiqat masalalari yoritiladi. “Kashmir qo‘shig‘i” ham ushbu dostonning mazmuniy va ma’joziy davomi sifatida erkin va ozod ko‘ngillarning abadiy ozodlikda bo‘lishi,ularni hech kim zulm kishanlari bilan bandi qila olmasligini isbotlovchi badiiy sarchashmadir. Sahna ko‘rinishining namoyishi  mobaynida  tomoshabinlar yuksak ahloq, muhabbat, do‘stlik o‘zaro hurmat kabi xususiyatlardan bahramand bo‘ldilar.


Ulashish:
1 667
Boshqa rubrikalarda mashhur

Xalqaro hamkorlik.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Jabborova Anora xorijiy stajirovka doirasida Ispaniyaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Barselonaga tashrif buyurdi.
JDPU da korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etgan pedagog xodimlar haqida ma’lumotnoma.
korrupsion_holat_sodir_etgan_xodimlar_bo’yicha_ma’lumotnoma
Dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 30-iyun kuni soat 14:00 da Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazining majlislar zalida 3-bosqich doktorant Qalandarova Safiya Tohirovnaning dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.