Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
03/06/2022
Chop etish
E’LON!!!

YUNESKO  2022 yil uchun “Savodxonlikni oshirish uchun ta’lim muhitini o‘zgartirish” mavzusiga bag‘ishlangan Savodxonlik sohasidagi

Xalqaro mukofoti eʼlon qiladi.

Ushbu mukofot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

–  Qirol Sejong nomidagi Koreya Respublikasi tomonidan moliyalashtiriladigan “Ona tili savodxonligini rivojlantirish”ga hissa qo‘shgan nomzodlarni taqdirlashga qaratilgan YUNESKO mukofoti;

–  Konfutsiy nomidagi Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan moliyalashtiriladigan “Qishloq hududlaridagi texnologiyalardan foydalangan holda katta yoshlilar va yoshlarning savodxonligini oshirish”ga hissa qo‘shgan nomzodlarni taqdirlashga qaratilgan YUNESKO mukofoti.

Tanlov shartlariga ko‘ra, Qirol Sejong nomidagi mukofot uch nafar nomzodga (har biriga 20000 AQSH dollaridan) hamda Konfutsiy nomidagi mukofot uch nafar nomzodga (har biriga 30000 AQSH dollaridan) taqdim etiladi. Tanlovda g‘olib chiqqan nomzodlar maxsus medal, diplom va mukofot mablag‘lari bilan taqdirlanadilar.

Mazkur YUNESKO tanlovi bo‘yicha batafsil maʼlumotlarni quyidagi veb- sahifa orqali olish mumkin: https://en.unesco.org/themes/literacy/prizes/selection  YUNESKOning savodxonlik tanlovida ishtirok etish uchun nomzodlar www.unesco.org/ilp/account  veb-sahifasida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng tanlovda ishtirok etish uchun veb-sahifada keltirilgan  maxsus shakl nomzodlar tomonidan onlayn tarzda to‘ldirilib yuborilishi zarur.

Onlayn xujjat topshirishning oxirgi muddati: 2022 yil 6 iyun

Tanlov bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha maʼlumot uchun literacyprizes@unesco.org  elektron manziliga murojaat qilish mumkin.

 

UNESCO (https://en.unesco.org/themes/literacy/prizes/selection)

Selection process for the UNESCO International Literacy Priz


Ulashish:
690
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.
Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...