Turkiyalik professor Erjan Alkaya rektor qabulida bo‘ldi…
Xabaringiz bor Jizzax davlat pedagogika instituti keyingi yillarda xorijdagi bir qator nufuzli oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda. Hamkorlik natijasida institutdagi profesor-o‘qituvchilar xorijlik olimlar bilan turli mavzudagi ilmiy monografiyalarni chop ettirishga muvaffaq bo‘lishmoqda.
Yaqindagina Turkiya Respublikasi, Firat Universitetining “Hozirgi turkiy tillar va adabiyotlari” bo‘limi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Erjan Alkaya va Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Umurzoq Jumanazarov, Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori (DSc), professor v.b Guljahon Jumanazarovalarning Turkiya Respublikasida nashr etilgan “Turkiy xalqlari adabiyoti” nomli monografiyasi taqdimotiga o‘tkazilgan edi. Bugun ushbu kitobning mualliflaridan biri Turkiya Respublikasi, Firat Universitetining “Hozirgi turkiy tillar va adabiyotlari” bo‘limi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Erjan Alkaya Jizzax davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
Institut rektori Sh.Sharipov bilan kechgan samimiy suhbat davomida professor Erjan Alkaya yaqin kunlarda ayni mualliflar bilan hamkorlikda ikkinchi “Jaxon halqlari adabiyoti” kitobi nashrdan chiqish arafasida ekanligini, ikki kunlik tashrifi davomida institutdagi talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan yaqindan tanishish niyati borligini bildridi. O‘z navbatida institut rektori Sh.Sharipov xorijlik olimlarimiz bilan hamkorlik ishlarni qo‘llab-quvavatlashini, bunday samarali hamkorlik natijasida turli ma’lumotlar asosida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalari, har ikkala oliygoh talabalari, ustozlar qolaversa o‘quvchilar uchun doim kerakligini alohida ta’kidladi. Shundan so‘ng mehmon institutnigg Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.Qodirov bilan uchrashdi.