Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
01/02/2022
Chop etish
E’LON.

Oliy ta’limda masofaviy o‘qitish sifati bo‘yicha talabalardan so‘rovnoma

Hurmatli talabalar! Oliy ta’lim muassasasalarida olib borilayotgan masofaviy ta’lim olish sifati yuzasidan o‘z fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun juda ham muhim!

So‘rovnomada ism-sharifingiz so‘ralmaydi.

Sizning fikringiz faqat umumlashtirilgan holda ko‘rib chiqiladi va barcha ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi. Ushbu so‘rovnoma ta’lim jarayonida masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda yuzaga keladigan muammo va kamchiliklarni kelgusida yechimini topishga, masofaviy o‘qitish jarayonida sizning sifatli bilim olishingizni ta’minlashga, pedagoglarning mahoratini oshirishga, ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning yanada takomillashishiga yordam beradi.

Sizning to‘g‘ri va samimiy javoblaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

So‘rovnomani ushbu havola orqali to‘ldirishingiz mumkin https://docs.google.com/forms/d/18e2blk6CeqYXP9IsxxWS1Mq-fTzoUISjSYSoLHJB8RI/edit?ts=61f3f027


Ulashish:
838
Boshqa rubrikalarda mashhur

Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...
JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.