O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 26 martdagi qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 19-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlari uchun kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha qisqa muddatli trenerlar tayyorlash kursini tashkil etish to‘g‘risida”gi 483-sonli buyrug‘i hamda Institut rektorining 2021 yil 10-dekabrdagi “Kredit-modul tizimi asosida o‘quv-me’yoriy jarayonlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 522-U-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash hamda talabalarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar uchun o‘quv-seminar tashkil etilmoqda. Ilk o‘quv seminari Jamoa oldida ma’ruza o‘qish san’ati, Notiqlik mahorati rivojlantirishning uslubiy asoslari mavzulariga bag‘ishlandi. Ushbu seminarda “O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, dotsent” Usmonjon Qosimov hamda O’zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Komiljon Murotmusayevlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Savol javoblar bahs va munozaralar asosida bo‘lib o‘tgan seminar so‘ngida ishtirokchilardan seminar-treningdan olgan taassurotlari to‘g‘risida fikr mulohazalar test ko‘rinishda olindi.
Yangiliklar
- All
- Ekofaol talabalar
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- Mahalla va universitet
- Ustozlar suhbatin qo‘msar bu ko‘ngil
Yangiliklar
|
11/01/2022
Chop etish
Institutdagi professor – o‘qituvchilar, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar o‘rtasida seminarlar o‘tkazilmoqda.
Boshqa rubrikalarda mashhur

12-avgust kuni 2025-2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi.

12–14-avgust kunlari 2025/2026 o‘quv yilida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’limga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida 680-o‘rinni egallagan Vengriya Respublikasining nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Obuda universitetida bo‘lib...
So'nggi yangiliklar
09/08/2025
25/07/2025
25/07/2025
17/07/2025
16/07/2025
