Jizzax viloyati «Nuroniy» jamğarmasi bölimi hamda JDPU Nuroniylar kengaşi hamkorligida atoqli davlat va jamoat arbobi Şarof Raşidov tavalludining 109-yilligiga bağişlangan «Uç avlod uçraşuvi» taşkil etildi.
Unda nuroniylar, harbiy xizmatçilar, kursantlar hamda universitet professor-öqituvçilari iştirok etdi.







Uçraşuvda JDPU ustozlari Şarof Raşidovning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi örni, boy hayot yöli va faoliyati haqida ma’ruzalar qildi, uning tarixiy xizmatlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi.












Şuningdek, tadbirda Özbekiston xalqining Ikkinçi jahon uruşi yillarida faşizm ustidan qozonilgan ğalabaga qöşgan hissasi, front va front ortidagi fidokorona mehnati haqida ham söz yuritildi. Uçraşuv avlodlar örtasidagi ma’naviy aloqalarni mustahkamlaş, tarixiy xotirani asraş va yoşlar qalbida vatanparvarlik tuyğularini yuksaltirişga xizmat qildi.
