Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

21 oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.

ONA TILIM Yobonlarning cheksizligi, Ham samumi, ham hovuri, Onajonlar allasidan, Ko‘z yoshidan, oq sutidan; To‘qaylarning tengsizligi, Jilg‘alarning sho‘x g‘ovuri, Yigitlarning yallasidan, Suluvlarning sukutidan — Yo‘g‘rilgan til — Ona tilim. Daryolarning toshqin payti Arslon yanglig‘ arillashi, Dovonlarning ko‘k qiyosi, Qorli tog‘lar jilosidan, Cho‘ponlarning qamish bayti, Childirmaning darillashi, Go‘ro‘g‘lining alp siymosi, Alpomishning da’vosidan — Tug‘ilgan til — Ona tilim. Tulporlarning asovligi, Tosh chaqishi, olovligi, Bobolarning oltin so‘zi, Bo‘yoqchining o‘lanidan: To‘quvchining alg‘ovligi, Chilangarning dalg‘ovligi, Bu tuproqning qo‘sh ho‘kizi, Qo‘shchisi ham qo‘lanidan — Yaralgan til — Ona tilim. Shu tuproqning jon ayamas Tarlonlari, burgutlari, Kelinlarning dildoshligi, Yor-yorlarning jarangidan; Bosqinlarning bedodligi, Buvilarning o‘gitlari, Do‘mbiraning mungdoshligi, Dutorning ham tarangidan — Taralgan til — Ona tilim. MIRTEMIR, O‘zbekiston xalq shoiri