Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/09/2026
Chop etish
JDPUda «Sizga ta’zim, sizga ehtirom, aziz ustozlar!» bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Jizzax davlat pedagogika universitetida-1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan «Sizga ta’zim, sizga ehtirom, aziz ustozlar!» nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tantanali tadbirni universitet rektori, professor Maksudjan Yuldashev tabrik so‘zi bilan ochib berdi.

 

Rektor o‘z tabrigida bu yilgi bayram universitet jamoasi hayotida alohida ahamiyat kasb etishini, bir yil avval boshlangan hamkorlik va birgalikdagi faoliyat davomida universitet uchun izlanish, yangilanish, bunyodkorlik va bir jamoa bo‘lib transformatsiya qilish yili sifatida ortda qolganligini ta’kidladi.

Tadbirning tantanali taqdirlash qismida 12 nafar professor-o‘qituvchiga «Oliy ta’lim a’lochisi» ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Faxriy yorliqlari o‘z egalariga topshirildi.

Shuningdek, tadbir davomida «Mustaqillik kubogi» hamda Nuroniylar kengashi tomonidan tashkil etilgan sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari ham taqdirlandi.Bayram dasturi universitetning badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi. Orkestr jamoasining kuy-qo‘shiqlari, iqtidorli professor-o‘qituvchilar va talabalarning diltortar ijrolari hamda raqslari tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.

 

Ustozga ehtirom, mehr va minnatdorlik ruhida o‘tgan bayram tadbiri universitet jamoasi uchun samimiy va unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.


Ulashish:
115
Boshqa rubrikalarda mashhur

Hurmatli ustozlar, qadrli hamkasblar, aziz mehmonlar!
Avvalo, barchangizni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman! O‘qituvchi va murabbiylar kuni — oddiy bayram emas. Bu ustozga hurmat va ehtirom...
JDPUda «Sizga ta’zim, sizga ehtirom, aziz ustozlar!» bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida-1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan «Sizga ta’zim, sizga ehtirom, aziz ustozlar!» nomli bayram tadbiri o‘tkazildi. Tantanali tadbirni universitet rektori,...
Default image
Kelajakka qadam