Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi hamda Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi hamkorligida «Talaba – yugur» ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasining 2026-yil kuzgi mavsumiga start berildi.
Jizzax sanoat hududida o‘tkazilgan viloyat bosqichida 5 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari, maktab o‘quvchilari va mahalla vakillari ishtirok etdi. Musobaqaga viloyatdagi oliy ta’lim muassasalaridan 3 mingga yaqin talaba va professor-o‘qituvchilar jalb etildi.







Musobaqada Jizzax davlat pedagogika universitetidan 1178 nafar talaba va 25 nafar professor-o‘qituvchi faol ishtirok etdi. Natijalarga ko‘ra, universitetning Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabalari sovrindorlar safidan joy oldi.









O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Aktamov Uchqun
🥈 2-o‘rin — Jo‘raqulov Asadbek












Qizlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Ozodova Dinara
🥈 2-o‘rin — Bahriddinova Nurgul
🥉 3-o‘rin — Bosimova Gulsevar Barcha g‘olib va sovrindorlar Jizzax davlat pedagogika universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabalari hisoblanadi. Musobaqa talaba-yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, sportga qiziqishini oshirish va jismoniy faollikni ommalashtirishga xizmat qildi.
