Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Dastur ishtirokchilarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish, biznes g‘oyalarini onlayn muhitda ilgari surish, mahsulot va xizmatlarni raqamli vositalar orqali targ‘ib qilish hamda yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratildi.






Mashg‘ulotlarda bozorni tahlil qilish, biznesni onlayn rivojlantirish, Canva va boshqa raqamli vositalardan foydalanish, mahsulot kartochkalarini yaratish, raqamli marketing hamda tadbirkorlar uchun mavjud moliyaviy imkoniyatlar bo‘yicha amaliy bilimlar berildi.






Dastur doirasida raqamli rivojlanish va onlayn targ‘ibot bo‘yicha ekspert Dildora Aliyeva hamda raqamli marketing bo‘yicha ekspert Guli Esova ishtirokchilarga o‘z bilim va tajribalarini taqdim etdi.



Ta’lim dasturi ayol tadbirkorlar va talaba-qizlarning zamonaviy raqamli vositalardan foydalanish, biznes g‘oyalarini rivojlantirish hamda yangi imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.
