Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/08/2026
Chop etish
Sejong universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etdi

Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Muzokaralarda sun’iy intellekt va Data Science yo‘nalishlarida 2+2 shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy masalalar batafsil muhokama qilindi. Xususan, o‘quv rejalari va sillabuslarni muvofiqlashtirish, talabalarni saralash va Sejong universitetiga transfer qilish talablari, kontrakt to‘lovlari va stipendiyalar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Dastur doirasida qabul jarayonlarini tashkil etish, ta’lim jarayonlarini yo‘lga qo‘yish kabi tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.


Shuningdek, TOSC (Test of Software Coding) sertifikatlash imtihonini JDPUda tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Ulashish:
906
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.