Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/07/2026
Chop etish
JDPUda ijtimoiy faollik bo‘yicha kitobxonlik yo‘nalishida test sinovlari boshlandi

Mazkur sinovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi F-43-son farmoyishi, Davlat komissiyasi majlisining 69-3-son bayoni hamda Vazirlar Mahkamasining 149-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Test sinovlari universitet Axborot-resurs markazi kompyuter xonalarida tashkil etilgan bo‘lib, unda 2 000 ga yaqin ariza topshirgan talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.

Tavsiya etilgan 100 ta badiiy kitob asosida tuzilgan mazkur test sinovlarida talabalarning mutolaa madaniyati, adabiyot va kitobxonlik sohasidagi bilimlari belgilangan mezonlar asosida baholanmoqda.


Ulashish:
1 548
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...