Respublika miqyosida oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” musobaqalarining kurash sport turi bo‘yicha bahslarida Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

87 kg vazn toifasida 2-bosqich talabasi Shalola Abdullayeva oltin medal sohibi bo‘ldi.

70 kg vazn toifasida 2-bosqich talabasi Sevara Qobilova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

66 kg vazn toifasida 1-bosqich talabasi Alisherbek Narziyev kumush medal bilan taqdirlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan keyin umumjamoa hisobida faxrli 3-o‘rinni egalladi.
