Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/05/2026
Chop etish
“JDPUda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tadbir o‘tkazildi”

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ijtimoiy-ma’naviy va diniy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyati bo‘linmasi rahbari Iqboloy Umarova, viloyat IIB xodimi Jasur Abdullayev, Jizzax viloyati targ‘ibot guruhi rahbari Charos Mirzayeva hamda universitet mas’ullari ishtirok etib, yoshlarni ma’naviy tarbiyalash, yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash va ma’rifatning jamiyat hayotidagi ahamiyati xususida fikr-mulohazalar bildirildi.


Ulashish:
359
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...