Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talaba Expo – 2026” doirasida rahbarlar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Unda universitet, “Kelajakka qadam” markazi, Yoshlar ishlari agentligi va nodavlat ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda 500 nafardan ortiq bitiruvchi talabalar bilan bandlik, tadbirkorlik va zamonaviy kasb imkoniyatlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.





Uchrashuvda “Kelajakka qadam” dasturi, startap va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda xususiy sektor bilan hamkorlik imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.



Tadbir doirasida 4 nafar faol bitiruvchiga 1 milliondan 500 million so‘mgacha bo‘lgan vaucherlar topshirildi.







Shuningdek, 50 nafardan ortiq faol va tashabbuskor talabalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
