Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
05/05/2026
Chop etish
“Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

JDPU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan Jizzax shahridagi 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchilari bilan “Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarga korrupsiya tushunchasi, uning turlari va salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi. Xususan, korrupsiya ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, bilim olishga bo‘lgan qiziqishni pasaytirishi va qonunbuzarliklarga olib kelishi ta’kidlandi. Shu bilan birga, korrupsiyasiz ta’lim muhiti bilim sifati, intellektual salohiyat va adolatli raqobatni ta’minlashi qayd etildi.

Shuningdek, murojaatlar yo‘llash tartibi, ularda xolislikka rioya etish, yolg‘on va tuhmatdan saqlanish, har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tushuntirildi. Ushbu yo‘nalishdagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmuniga ham to‘xtalib o‘tildi. Uchrashuv yakunida o‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi.


Ulashish:
1 564
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU otalig‘idagi maktabda Bilimlar kuni tantanali nishonlandi
Bugun, 2-sentyabr — Bilimlar kuni munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sharof Rashidov tumani “Qulpisar” mfy hududidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan...
Sayiljoyi akademik litseyida Bilimlar kuni tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi Sayiljoyi akademik litseyida yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi — Bilimlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.
«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.