Ekofaol talabalar
Ekofaol talabalar
|
23/04/2026
Chop etish
Payshanba — Yoshlar kuni: “Earth Day” festivali ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakulteti Ingliz tili nazariyasi va metodikasi kafedrasi hamda 3-bosqich talabalari tashabbusi bilan Payshanba — Yoshlar kuni doirasida “Eco-Walk” nomli “Earth Day” festivali yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbir ekologik madaniyatni yuksaltirish, talabalarda ijodkorlik va ijtimoiy faollikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilar 8 ta interaktiv bekat orqali faol qatnashdilar.

Xususan, “Tote Bag Art Studio”da talabalar sumkalarni bezash orqali ijodiy yondashuvlarini namoyon etdilar, “Dorm Gardening” jarayonida esa ko‘chat ekish orqali ekologik turmush tarzi targ‘ib qilindi.

“Common Canvas” maydonida universitet uchun umumiy ekotasvir yaratildi.

Shuningdek, kitob almashinuvi, viktorinalar va sovg‘ali mashg‘ulotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

“Waste-craft” bekatida chiqindilardan turli buyumlar tayyorlanib, ekologik ongni shakllantirishga e’tibor qaratildi. Festival doirasida o‘tkazilgan “Trashion Show” chiqishlarida talabalar o‘zlari yaratgan liboslar bilan ishtirok etib, kreativ yondashuvlarini namoyish etdilar.

Mazkur tadbir yoshlar kuniga xos yuqori kayfiyat va unutilmas taassurotlar bilan yakunlandi.


Ulashish:
683
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.