Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/01/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Global Citizenship Workshop” xalqaro seminar-trening tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Kyungwon University hamkorligida “Global Citizenship Workshop” nomli xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir xalqaro akademik va madaniy hamkorlik doirasida tashkil etilgan bo‘lib, unda Janubiy Koreyadan 10 nafar va Jizzax davlat pedagogika universitetidan 10 nafar talaba ishtirok etmoqda. Seminar global fuqarolik, Barqaror rivojlanish maqsadlari, fuqarolik ishtiroki hamda madaniy meros yo‘nalishlariga bag‘ishlangan.

Seminarning birinchi kuni quyidagi yo‘nalishlarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi:

  • Yoshlar ovozi va real hayot uchun ta’lim: intervyuni rejalashtirish mashg‘uloti; guruhlar tadqiqot yo‘nalishini aniqlab, intervyu savollarini tayyorladi.

  • Etika va dala ishlariga yo‘riqnoma: intervyu etikasi, rozilik olish va kuzatuv bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

  • Kampus bo‘ylab intervyular va kuzatuv: amaliy tadqiqotlar olib borildi va tahlil (Sense-making) mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur seminar-trening yoshlar uchun xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, bilim va tajriba almashish imkoniyatini yaratdi.


Ulashish:
60
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Global Citizenship Workshop” xalqaro seminar-trening tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Kyungwon University hamkorligida “Global Citizenship Workshop” nomli xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir xalqaro akademik va madaniy hamkorlik doirasida...
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari Buxoroda o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada yuqori natijalarga erishdi.
Joriy yilning 26-28-yanvar kunlari Buxoro shahrida “Buxoro xalqaro kimyo olimpiadasi – 2026” hamda “Buxoro xalqaro matematika olimpiadasi – 2026” xalqaro olimpiadalari bo‘lib o‘tdi.
Aniq fanlar fakulteti talabalari xalqaro IT sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
Universitetning Aniq fanlar fakultetida tahsil olayotgan 23 nafar iqtidorli talaba Universitet rektorining 2025-yil 20-oktabrdagi 327-U sonli buyrug‘iga asosan Viloyat IT parkida “Bir million dasturchi” loyihasi...