Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Qabul jarayonlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika unviersitetida  “Qabul jarayonlari: Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayonlari va kirish imtihonlaridagi yangiliklar: Ochiqlik, shaffoflik.” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda, O‘zbekiston prezidentining 2024 yil 24 maydagi farmoni bilan, OTMlarga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimida qator o‘zgarishlar, xususan, qabuldagi «avval test, so‘ng tanlov» tamoyili, davlat buyurtmasi parametrlarini davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinishi, shuningdek, ta’lim granti asosida o‘qigan talabalar uchun o‘qishni tugatgandan keyin kamida 3 yil ishlash majburiyati bekor bo‘layotgani abiturientlarni adolatli saralash ta’minlanishi, bir so‘z bilan aytganda  eng iqtidorli va bilimli talabalar qabuli amalga oshirilishi ta’kidandi. Farmonga ko‘ra 2024/2025 o‘quv yili uchun bakalavriatga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishning birinchi bosqichi 2024 yil 5 iyun kunidan boshlandi va 25 iyungacha davom etadi. Bunda abiturientlarga: faqat test sinovlari o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun test topshiradigan fanlar, ta’lim tili, test topshirish hududini tanlash; ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ijodiy imtihon topshiriladigan oliygohni tanlash imkoniyati yaratildi. Ro‘yxatdan o‘tishning birinchi bosqichi yakunlangandan so‘ng ijodiy imtihonlar, test sinovlari o‘tkaziladi. Test sinovlari to‘liq, ya’ni barcha hududlarda yakunlangandan so‘ng, 15 kun davomida ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abiturientlar test ballaridan kelib chiqib: 5 tagacha oliygoh (yo‘nalish), ta’lim shaklini, tanlov ustuvorligini, ijodiy imtihon o‘tkazilgan yo‘nalishlar uchun qo‘shimcha ravishda tanlangan yo‘nalish bo‘yicha 5 tagacha oliygohni tanlashi mumkin.O‘tkazilgan matbuot anjumanida shuningdek  yangi ochilishi ko‘zda tutilgan yo’nalishlar, abituriyentlar va ularning ota – onalari uchun yaratilayotgan sharoitlar, imtiyozlar va ulardan kimlar foydalana olishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Anjuman ishtirokchilari asosan magistratura va doktoranturaga ayrim yo‘nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati B1 darajaga pasaytirilishi Ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinishi haqidagi hamda 3 yil ishlash majburiyati bekor bo‘ishi bilan bog‘liq savollarni berishdi. Shunigdek, universitet bilan hamkorlikni kuchaytirish, dolzarb mavzularda matbuot anjumanlarini tez-tez tashkil etish yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi. Anjuman davomida  JDPU rektori Sh.Sharipov, Qabul komissiyasi mas’ul kotib S. Nazarqosimov hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo‘limi boshlig‘i I.Xatamov tomonidan qabul jarayoni hamda  O‘zbekiston prezidentining 2024 yil 24 maydagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni bo‘yicha axborotlarni taqdim qilish barobarida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar ham qaytarildi. Matbuot anjumaniga universitet Regisrator ofisida tashkil etilgan “Call-center” ga qilingan press-tur yakun yasadi. OAV vkaillari bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.  Maslahat markkazidagi operatorlar faoliyatini kuzatishdi. Shu yerning o‘zida mavzuga oid barcha savolariga javoblar olishdi.