Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/10/2020
Chop etish
21 oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.

ONA TILIM

Yobonlarning cheksizligi,
Ham samumi, ham hovuri,
Onajonlar allasidan,
Ko‘z yoshidan, oq sutidan;


To‘qaylarning tengsizligi,
Jilg‘alarning sho‘x g‘ovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan —
Yo‘g‘rilgan til —
Ona tilim.

Daryolarning toshqin payti
Arslon yanglig‘ arillashi,
Dovonlarning ko‘k qiyosi,
Qorli tog‘lar jilosidan,
Cho‘ponlarning qamish bayti,
Childirmaning darillashi,
Go‘ro‘g‘lining alp siymosi,
Alpomishning da’vosidan —
Tug‘ilgan til —
Ona tilim.

Tulporlarning asovligi,
Tosh chaqishi, olovligi,
Bobolarning oltin so‘zi,
Bo‘yoqchining o‘lanidan:
To‘quvchining alg‘ovligi,
Chilangarning dalg‘ovligi,
Bu tuproqning qo‘sh ho‘kizi,
Qo‘shchisi ham qo‘lanidan —
Yaralgan til —
Ona tilim.

Shu tuproqning jon ayamas
Tarlonlari, burgutlari,
Kelinlarning dildoshligi,
Yor-yorlarning jarangidan;
Bosqinlarning bedodligi,
Buvilarning o‘gitlari,
Do‘mbiraning mungdoshligi,
Dutorning ham tarangidan —
Taralgan til —
Ona tilim.

MIRTEMIR,

O‘zbekiston xalq shoiri

 


Ulashish:
1 070
Boshqa rubrikalarda mashhur

Ogohlik va mas’uliyat – barqarorlik garovi: JDPUda profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ogohlik va mas’uliyat – barqarorlik asosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy hamda profilaktik tadbir tashkil etildi.
“Muvaffaqiyat siri”: Zulfiya mukofoti sovrindorlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbir universitet rektori Maksudjan Yuldashev tashabbusi bilan tashkil etildi.
“Yashil kelajak sari” – ilmiy anjuman boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yashil kelajak sari: bioxilma-xillikni saqlashning innovatsion strategiyalari va fan, ta’lim, ishlab chiqarishning zamonaviy paradigmalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi.