Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/11/2021
Chop etish
18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i  to‘g‘risida”gi   qonuni  qabul qilingan  kun

Bayrog‘imiz o‘zida butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etgan. Milliy bayrog‘imizning davlat idora va muassasalari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turishi, turli bayram va tantanalarda, mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini yorqin aks ettirishi barchamizga iftixor baxsh etadi. Masalan, xalqaro sport bellashuvlarida g‘alaba qozongan sportchilarimiz sharafiga  yurtimiz bayrog‘i baland ko‘tarilgan lahzada har birimiz cheksiz hayajonga tushamiz, hech kimdan kam emasligimizni his qilamiz. Jizzax davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya fakulteti  tomonidan tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar ana shular xususida to‘xtalishdi. O‘zbekiston Respublikasining” “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida” gi qonun qabul qilingan kun munosabati bilan tashkil etilgan tadbir so‘ngida talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyish etildi.


Ulashish:
966
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda jamoa shartnomasi ijrosi muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi bajarilishi yakunlari yuzasidan mehnat jamoasi konferensiyasi o‘tkazildi.
JDPU rektori “Ziyokor” qizlar va o‘g‘il bolalar basketbol jamoasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda musobaqalar jarayonidagi reyting nazoratlari, jamoaning so‘nggi natijalari va har bir o‘yinchining o‘yin faoliyati tahlil qilindi.
JDPU rektori maktablarning bitiruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jizzax shahridagi umumta’lim maktablaridan saralab olingan 31 nafar faol bitiruvchi o‘quvchilar dastlab universitetda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.