Afg‘onistonda xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi harbiy harakatlarning tugatilganligining 37-yilligi xotira va ehtirom ruhida yodga olindi.
Ushbu kun munosabati bilan viloyatimizda qator tashkilot va idoralar vakillari ishtirokida xotira tadbirlari o‘tkazildi. Jumladan, Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati vakillari, faxriylar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar Xotira bog‘ida jam bo‘lib, “Motamsaro ona”haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.



Tadbir davomida Afg‘oniston urushida halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasi bir daqiqa sukut bilan yod etildi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Jizzax viloyatidan 1956 nafar yigit Afg‘oniston urushida ishtirok etgan. Ularning 35 nafari halok bo‘lgan, 210 nafari esa nogiron bo‘lib qaytgan.

Qahramon yurtdoshlarimizning jasorati va fidoyiligi xalqimiz xotirasida abadiy saqlanadi.
