Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

11 oktabr-«Xalqaro qizlar kuni»  munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

«Xalqaro qizlar kuni»ga  2012 yil 11 oktabrda BMT Bosh assambleyasida asos solingan bo‘lib, ushbu kun har yili qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga butun dunyoning e’tiborini qaratish maqsadida nishonlanadi. Yurtimizda ham qizlarga bo‘lgan e’tibor, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi ustuvorlik kasb etmoqda.Ularning salomatligini yaxshilash, ta’lim olishga  shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy muammolarini hal etishga ko‘maklashishga e’tibor keyingi yillarda yanada yuksak pog‘onaga ko‘tarildi. Mamlakatimizda qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olish va kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha  amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ‘ib etish, iqtidorli qizlarning ijodiy faoliyatlarini ommalashtirish, yuksak axloqli, ma’rifatli  va milliy qadriyatlarga hamda  ona Vatanga sodiq qizlar safini kengaytirishdan iborat. Shu maqsadda Jizzax shahardagi 19-umumta’lim maktabida 2021 yil 11 oktabr kuni «Xalqaro qizlar kuni» munosabati bilan maktabda tadbir tashkil qilinib, iqtidorli qizlarning turli sohalardagi ijod namunalari ko‘rgazmasi ham  taqdim etildi. Tadbirda Jizzax davlat pedagogika institutidan Tarix va uni o‘qitish metodikasi kafedrasidan  professor Fanya Ahmedshina, Tarix  fanlari nomzodi dotsent Raya Nurqulova va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limidan  Nilufar Allamuratovalar ishtirok etib, qizlarning bilim olish, kitob o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini yanada oshirish, qizlar ongiga noyob qadriyatlarimizni singdirish, qizlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik, hamfikrlik, muomala madaniyatini shakllantirish, oila muqaddasligi g‘oyalarini targ‘ib etish, qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga qiziqishlarini oshirish, erta nikoh va uning salbiy oqibatlarini oldini olish va oila qadriyatlarini asrab-avaylash va oilalar mustahkamligini ta’minlashda ularning mas’uliyatini tahliliy ma’lumotlar hamda hayotiy misollar asosida tushuntirib o‘tishdi. Tadbir davomida qizlarning fikr- mulohazalari eshitilib,  savollarga mehmonlar tomonidan javoblar berib o‘tildi.Shundan so‘ng maktabning eng faol , namunali qizlariga diplom va estalik sovg‘alari topshirildi.