O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi , O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2024 – yil 25 – iyundagi 1/4/26-2040-sonli xatini ijrosini ta’minlash maqsadida, Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq joriy yil Jizzax davlat pedagogika universitetida 1 iyuldan 1 avgustga qadar “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha” Dolzarb 30 kun”” tadbiri o‘tkaziladi. 2024 yil 2 iyul kuni Jizzax davlat pedagogika universiteti professor- o‘qituvchilari va xodimlari va Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tadbirda “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash” “Yong‘inlar” “Gaz va havo aralashmasining chaqnashi “ kabi noxush holatlarni oldini olish , sodir bo‘lganda bajarilishi lozim bo‘lgan zaruriy chora –tadbirlar xususida davra suhbati o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti , Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i U.Yo‘ldoshov 1 iyuldan 1 avgustga qadar “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha” Dolzarb 30 kun”” oyligi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarning barchasi Favqulodda holatlarning oldini olishga , universitet professor – o‘qituvchi va xodimlarining tinch –osoyishta mehnat qilishlarini ta’minlashga , ularning Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yana-da boyitishga xizmat qilish bilan ahamiyatlidir , “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash” oyligi munosabati bilan o‘tkazilgan profilaktik tadbir aynan Yong‘in kelib chiqishining oldini olish , Favqulodda holatlarni bartaraf etishga , binolarni Yong‘in xavfidan ta’minlashni tashkil etish , jamoa a’zolariga Yong‘inga qarshi kurash choralari tushuntirib otildi.