Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/05/2025
Chop etish
🗽 9-may – Xotira va qadrlash kuni
Assalomu alaykum, aziz ustozlar, qadrli talabalar! Hurmatli urush va mehnat faxriylari!
Barchangizni 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi bilan samimiy qutlayman.

Keksalarni e’zozlash, o‘tganlarni xotirlash ulug‘ qadriyat. Har yili qabul qilinayotgan qaror va farmonlarda yoshi ulug‘ ustozlarga, nuroniylar va faxriylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir. Yildan yilga muborak ziyoratgohga aylanib borayotgan Xotira maydoni va Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘yilmoqda. Urushda halok bo‘lgan ota-bobolar, mehnat va millat qahramonlari xotirasi yod etilmoqda. 9-may kuni har yili yurtimizda nafaqat xotira, balki yoshi ulug‘ insonlarni qadrlash, e’zozlash kuni sifatida ham keng nishonlanadi. Joriy yilda ham bugungi kunlarga yetib kelgan tabarruk keksalarimiz, urush va mehnat faxriylarimiz ziyorat qilinib, ularning duosi olinmoqda. Buyuk g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan ko‘plab tadbirlar, uchrashuvlar, xotira marosimlari o‘tkazilmoqda.

Bizni tarbiyalab, voyaga yetkazgan, umr yo‘llarida bizga tayanch va suyanch bo‘lgan tabarruk insonlarga ehtirom ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir. Ayni kunlarda o‘zining 50 yillik tarixiga ega ziyo maskani bo‘lmish oliygohimizda ham hurmatli nuroniylarimizga e’tibor va g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytirish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Uch avlod”, “Xotira mangu” kabi uchrashuv va davra suhbatlari uyushtirilmoqda. Shuningdek, nafaqada bo‘lgan ustozlar holidan xabar olinib, ularning xonadonlarida obodonlashtirish ishlarini tashkil qilish ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Biz janggohlarda mardlik va jasorat ko‘rsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilib, bugun oramizda sog‘-salomat bo‘lib yurgan muhtaram, duogo‘y faxriylarimizga ta’zim bajo aylaymiz! Bugungi tinch – osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun ularga cheksiz va samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

“Inson aziz, xotira – muqaddas”dir. Bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib fido bo‘lgan vatandoshlarimiz, faxriylarimiz xotirasini yod etish ularga hurmat ko‘rsatish muqaddas burchimizdir.

Aziz yurtdoshlar!

Fashizmga qarshi urushda mardonavor jang qilgan, og‘ir mashaqqat va musibatlarni boshdan kechirgan, xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan, erkinlik uchun o‘z jonini qurbon qilganlarning xotirasi hamisha yodimizda. Vatanni himoya qilishda jonini fido qilib, erkinlik uchun kurashgan millat qahramonlari ruhi oldida yana bir bor ta’zim aylaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin, aziz Vatandoshlar!

Barchangizni yana bir bor 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan qutlab, Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz va qut-baraka tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

🏛 Hurmat bilan, JDPU rektori, professor Sh. S. Sharipov


Ulashish:
821
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.