Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/03/2026
Chop etish
Zominda ustozlar uchun unutilmas sayohat tashkil etildi

Joriy yilning 14–15 mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari uchun Zomin tumanidagi Zomin–Suffa dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi.

Tog‘ bag‘ridagi musaffo havo, archazorlar va betakror tabiat ishtirokchilarga katta zavq bag‘ishladi. Osma ko‘prikdan o‘tish esa sayohatga alohida hayajon qo‘shdi.

Sayohat davomida kuy-qo‘shiqlar, samimiy suhbatlar va shodumon lahzalar jamoaviy muhitni yanada mustahkamladi. Tabiat qo‘ynidagi ushbu sayohat ishtirokchilarga yangi kuch, ilhom va motivatsiya bag‘ishladi.


Ulashish:
46
Boshqa rubrikalarda mashhur

Zominda ustozlar uchun unutilmas sayohat tashkil etildi
Joriy yilning 14–15 mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari uchun Zomin tumanidagi Zomin–Suffa dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi. Tog‘ bag‘ridagi musaffo...
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi va O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi.
Xotin-qizlar maslahatchilarining kasbiy kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar uchun psixologik seminar-trening tashkil etildi.