Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/06/2025
Chop etish
Yoshlar – kelajagimiz tayanchi!
Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik. shiori ostida tadbir tashkil etildi.

21-iyun kuni Jizzax viloyatida «Yoshlar oyligi» doirasida yoshlar hayotida unutilmas voqeaga aylangan katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Sharof Rashidov shoh ko‘chasidagi Kengashlar uyi maydonida soat 18:00 da start olgan gala-shou konsert jizzaxliklarga haqiqiy bayram kayfiyati ulashdi.

Tadbirda O‘zbekiston estradasi yulduzlari, xalq sevgan xushovoz xonandalar ishtirok etib, jonli ijrodagi qo‘shiqlari bilan yuraklarga ilhom bag‘ishlashdi. Butun viloyat yoshlari uchun unutilmas xotiralarga boy kecha bo‘ldi.

Bayram dasturi doirasida jizzaxlik yoshlar uchun turli ko‘rgazmalar, sport musobaqalari, milliy taomlar pishirish bellashuviva va harbiy namoyishlar tashkil etildi. Tadbirda Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari ham faol ishtirok etishdi. Universitet stendida ta’limga oid innovatsion yondashuvlar, talabalarning ijodiy va ilmiy ishlari namoyon qilindi. Shuningdek, universitet yoshlari tomonidan tayyorlangan konsert chiqishlari, musiqiy va sahnaviy namoyishlar yig‘ilganlarga katta taassurot qoldirdi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan tayyorlangan chiqishlar konsert dasturiga o‘zgacha ruh, teran ma’no va milliy iftixor bag‘ishladi.

Kechaning asosiy qismi — gala-shou konsert bo‘lib, taniqli estrada yulduzlari tomonidan jonli ijro etilgan qo‘shiqlar bilan yakunlandi. Ushbu konsert Jizzax yoshlari qalbida ham ilhom, ham faxr, ham ezgu orzularga ishonch uyg‘otdi.

Yoshlar oyligi – bu mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan yuksak e’tiborning, ularning salohiyati va tashabbuslariga bo‘lgan ishonchning yorqin ifodasidir.


Ulashish:
788
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.