Yosh voleybolchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarning o’rni va rivojlantirish masalalari.
JDPU jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi stajiyor-o’qituvchisi Xaydarov Ilhom
jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi o’qituvchisi Nurmatov Eldor
ixaydarov155@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada umumta’lim va o’rta maxusu ta’lim va oliy o’quv yurti talabalarini voleybol mashg’lulotida jismoniy tayorgarligini oshirish usullari va jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun maxsus mashqlardan foydalanish, rivojlantirish usullari haqida nazariy ma’lumot berilgan. Jismoniy tayyorgarlik va xususan sportchilarni tayyorlashda, harakat sifatlarini (tezkorlik, kuch, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik) bir-biriga bog’lab shakllantirish rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: Jismoniy madaniyat, jismoniy sifatlar,voleybol elementlarini rivojlantirish, maxsus mashqlar.
Inson bolalikdan turli yo’nalishdagi harakat malakalarini ongsiz va ongli tarzda bajaradi. Natijada shu harakatlar ma’lum jismoniy sifatlar (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik) tusida rivojlana boradi. Sekin-asta xayotiy zarur harakat malakalari (yurish, yugurish, sakrash, to’xtash, osilish va h.) sayqal topadi.
Mutaxassislarning fikriga asosan shu jismoniy sifatlar va xayotiy zarur harakat malakalari harakatli o’yinlar yordamida yanada samaraliroq rivojlanishi isbotlab berilgan.
Oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida, turli bosqichdagi ta’lim maskanlarida ushbu muammoga har doim ham rejali va ilmiy jixatdan yondoshilmaydi.
Jismoniy mashqlarni to’g’ri qo’llash, ularni bolalar qanday o’zlashtirayotganligini nazorat qilib borish shu bolalardagi jismoniy sifatlarni, uning qaddi-qomati, jismoniy va funksional taraqqiyoti to’g’ri yo’nalishda tarbiyalanib borishga imkon yaratadi.
Ma’lumki, insonning jismoniy sifatlari uning tug’ilishidan boshlab shakllana boradi. Lekin, uning bolaligida shu sifatlar qanday darajada shakllanishi, oddiy yoki murakkab harakatlarni o’zlashtirib olishi nafaqat uni o’sib yashab kelayotgan muhitga bog’liq, balki bolaning muayyan sifatini qanday vositalar yordamida rivojlantirish bilan belgilanadi.
Shu bilan bir qatorda harakatni turi, yo’nalishi va qanday maqsadga qaratilganligiga (kasb, ro’zg’or ishi, sport, harbiy faoliyat va h.) qarab, har bir jismoniy sifatni shu harakat ijrosidagi o’rni turlicha bo’ladi. Shunday bo’lsada, turli kasb faoliyatlarida yoki sport turlarida shu jismoniy sifatlarning integral ahamiyati o’ziga xos ulushga ega bo’ladi. Ammo qanday bo’lmasin, ko’pincha tadqiqotchilarning fikricha, barcha harakat faoliyatida ayrim jismoniy sifatlarning ustuvorligi darhol ko’zga tashlanadi.
amonaviy sport amaliyotida yuqori natijalarga erishish sportchining uzoq muddat davomida yuqori sifatli va samarali ish qobiliyatini saqlay olish imkoniyati bilan bog’liqdir.
Har xil sport turlari bo’yicha o’tkaziladigan musobaqalar muddati xalqaro musobaqalar qoidalari bilan belgilanadi. Shu musobaqalar muddatida qaysi sportchi o’z ish qobiliyatini sifati va samaradorligi jihatidan qanchalik uzoq vaqt saqlay olsa yoki uni oshira olish «kuchi»ga ega bo’lsa, unga muvaffaqiyat shunchalik «kulib» boqishi muqappap. Boshqacha qilib aytganda ish qobiliyatining sifat va samaradorlik darajasini ko’p yoki kam vaqt davomida saqlanishi umumiy va maxsus chidamkorlik sifatlarining turlari (tezkorlik, kuch, tezkor – kuchga bo’lgan chidamkorlik, sakrashga bo’lgan chidamkorlik, «texnik–taktik chidamkorlik» va hokazo) qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Ma’lumki, ish qobiliyati haqida gap ketganda, ayniqsa so’z uning sifati va samaradorligiga tegishli bo’lsa, masalaning mohiyati va pirovard «mag’izi» boshqa jismoniy sifatlarning shakllangan yoki shakllanmaganligiga borib taqaladi. Ya’ni samarali natijaga mos umumiy va maxsus chidamkorlik kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik sifatlarini o’zida mujassam qilgan bo’ladi. Ushbu sifatlarning o’zaro uzviy bog’liqligi va ularning yuksak darajadagi integral natijasi mahoratining muayyan taqdirini belgilab beradi.
Maqsadra muvofiq rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik sport mahoratini shakllantirish va musobaqa davomida yuksak natijaga erishishda nihoyatda muhim omillardan biridir. Lekin, sport amaliyotida har doim ham rejalashtirilgan jismoniy mashqlar muvofiq harakat sifatlarini rivojlantirishda kutilgan natijani bermaslik holatlari tez-tez uchrab turadi. Buning asosiy sabablaridan biri mashg’ylotlarda qo’llanilgan u yoki bu jismoniy mashqlarning hajmi va shiddati hamda ushbu ko’rsatkichlarni shug’ullanuvchilar organizmiga ta’sir etish darajasi (organizmni nagruzkaga bo’lgan aks javobi – reaksiyasi) obyektiv ravishda baholanmasligidadir. Shuning uchun ham o’quv trenirovka jarayonida qo’llanilayotgan jismoniy nagruzka (jismoniy mashqlar) ning shug’ullanuvchilar organizmining funksional imkoniyatlariga muvofiqligi e’tiborga olinishi shu nagruzkani maqcadga muvofiq rejalashtirish imkoniyatini yaratadi.
Malakali sportchilarni tayyorlashda harakat funksiyasining ikki, bir-biriga uzviy bog’liq tomoniga alohida e’tibor qaratiladi:
– sportchini texnik-taktik malakalarga o’rgatish va ularni takomillashtirish;
– sportchi jismoniy sifatlarini tanlangan sport turi xususiyatiga muvofiq) ravishda tarbiyalash.
So’ngi yillarga kelib olimlar o’rtasida malakali sportchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlikni o’rni, jumladan jismoniy sifatlarning bir-biriga uzviy bog’liqligi hamda ularni sport mahoratiga bo’lgan ta’siri haqidagi muammolar tobora katta qiziqish uyg’otib bormoqda.
So’z jismoniy tayyorgarlik va xususan sportchilarni tayyorlashda, harakat sifatlarini (tezkorlik, kuch, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik) bir-biriga bog’lab shakllantirish muhimligi haqida borar ekan, bu borada kuch sifatiga alohida urg’u berish maqsadga muvofiqdir.
Har bir sport turida ijro etiladigan harakat malakasi negizida kuch sifati xal qiluvchi muhim manba bo’lib hisoblanadi. Chunonchi, sportning yakkakurash turlarida texnik mahoratning nisbatan farq qiluvchi xususiyatlaridan biri – bu o’zgaruvchan musobaqa vaziyatida tezkor-kuch asosida ijro etiluvchi murakkab hapakat malakalaridir. Aynan ushbu sifat hal qiluvchi vaziyatlarda o’z yetakchiligini namoyish etadi. Shu bilan bir qatopda uzoq muddat davom etadigan musobaqa jarayonida texnik malakalarni yuqori samarada ijro etish birinchi navbatda maxsus chidamkorlik sifatiga bevosita bog’liqligi isbotni talab qilmaydi. Demak, bundan ko’rinib turibdiki, texnik mahorat samarasini musobaqalar davomida uzoq saqlab turishda maxsus chidamkorlik sifati alohida o’rin egallaydi.
Ma’lumki, maxsus chidamkorlik umumiy chidamkorlik yaxshi rivojlangan holda samarali shakllanishi isbot qilingan.
Voleybolchilarni tayyorlashda va texnik mahoratini shakllantirishda egiluvchanlik sifati ham zarur omillardan biridir. Yuqori darajada rivojlangan egiluvchanlik sportchi texnik malakalarni mohirona ijro etishga muyassar bo’ladi. Egiluvchanlik asta-sekin, uzoq muddatli mashg’ulotlar evaziga shakllanadi. Agar egiluvchanlikni rivojlantirishga oid mashg’ulotlar biroz to’xtatib qo’yilsa, bu sifat keskin yo’qolib ketishi yoki susayishi mumkin.
Voleybolchilarda qo’llaniladigan mashqlar o’z-o’zidan asta-sekin egiluvchanlikni shakllantirib boradi. Lekin, buni o’zi ushbu sifati to’laqonli rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. Bu sifatni samarali takomillashtirish uchun mushak, pay, bo’g’imlarni quyidagi mashqlar yordamida rivojlantirish zarur: oldinga maksimal egilish, orqaga egilish, most xolatida turish va shu mashqlarini sheriklar qarshiligida hamda og’irliklar bilan bajarish.
Malakali sportchilarni tayyorlashda maqcadga muvofiq rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik texnik – taktik mahoratni shakllantirishda va musobaqa davomida yuksak natijaga erishishda nihoyatda muhim omillardan biridir. Lekin, sport amaliyotida hap doim ham rejalashtirilgan jismoniy mashqlar muvofiq hapakat sifatlarini rivojlantirishda kutilgan natijani bermaslik holatlari tez-tez uchrab turadi. Buning asosiy sabablaridan biri mashg’ylotlarda qo’llanilgan. U yoki bu jismoniy mashqlarning hajmi va shiddati hamda ushbu ko’rsatkichlarni shyg’yllanuvchilar organizmiga ta’sir etish darajasi (organizmni nagruzkaga bo’lgan aks javobi-reaksiyasi) obyektiv ravishda baholanmasligidadir. Shuning uchun ham o’quv-trenirovka jarayonida qo’llanilayotgan jismoniy nagruzka (jismoniy mashqlar) ning shyg’yllanuvchilar organizmining funksional imkoniyatlariga muvofiqligi e’tiborga olinishi shu nagruzkani maqsadga muvofiqligi rejalashtirish imkoniyatini yaratadi.
Jumladan, vertikal sakrash misolida malakali voleybolchilarning tezkorlik-kuchlilik sifatini «zarbdor» uslubda rivojlantirish imkoniyati afzal ekanligini ko’rsatib o’tgan. Uning fikricha «portlovchi» kuchni rivojlantirishda ushbu uslubdan foydalanish yaxshi natija beradi, lekin bunday mashg’ulotlarni musobaqadan 10-12 hafta avval 3 martadan o’tkazib turish lozim bo’ladi.
Ko’plab olimlarning o’z tadqiqotlariga asoslangan holda shuni ma’lum qiladiki, voleybolchilarning o’yin samarasini ta’minlovchi maxsus jismoniy sifatlar tayyorgarlik davrining bosqichlarida ikki omil bilan belgilanadi: tezkorlik-kuchlilik tayyorgarligi va tayyorgarlikning aralash omili (tezkorlik va tezkorlik chidamkorligi). 1 bosqichda ularning ulushi 83,3% ga teng. Bunda tezkorlik-kuchlilik tayyorgarligi 1 o’rinda tursa, tezkorlik tayyorgarligi 2 o’rinda turadi. 2 bosqichda 93,2% va 3 bosqichda 100%. Bu bosqichlarda tezkorlik va tezkorlik chidamliligi 1 o’rinda tursa, tezkorlik-kuchlilik tayyorgarligi 2 o’rinda bo’lishi kerak.
Tayyorgarlikning dastlabki bosqichida tananing uzunligidan tashqari, sakrovchanlik va chaqqonlik sifatlari ko’rsatgichlari o’ta muhim xisoblanadi. Keyingi bosqichlarda esa tezkorlik, qo’l mushaklari kuchi va diqqatning turg’unligi ustivor ahamiyatga ega bo’ladi.
Voleybol elementlari bilan ko’shib o’tiladigan jismoniy tarbiya darsnii kichik sinf o’quvchilari jismoniy tayyorgarligiga ta’sir etish darajasini o’rganish natijasida, shunday hulosaga keldiki, aniq maqsadga yo’naltirilgan voleybol darslari nafaqat yosh o’quvchilarni tarbiyalashda samarali vosita bo’lib hisoblanadi, balki voleybol tugaragiga dastlabki tanlov asosida qabul qilish va ularning o’yin ixtisosligini bashorat yordamida belgilab olish imkonini beradi.
Sakrovchanlik sifatini rivojlantirishga qaratilgan yangicha uslubiyatni taklif qilgan bu uslubiyatni yosh voleybolchilarda sinab ko’rdi. U shu voleybolchi bolalarni tana bug’imlarining uzunligiga qarab 4 ta guruhga ajratdi:
1) qisqa boldirli va uzun son va gavdali bolalar;
2) uzun son va gavda qisqa boldirli bolalar;
3) uzun boldirli va qisqa son va bolalar;
4) kalta son va uzun gavdali hamda boldirli bolalar.
Aynan shu morfologik xususiyatlarni e’tiborga olgan holda har bir guruhdagi bolalarni o’ziga hos aksariyat sakrovchanlik mashqlari bilan shug’ullantirdi va ma’lum vaqt o’tganidan so’ng ushbu mashqlar samarasini tekshirib ko’rdi (1 jadval).
O’zoq yillar davomida malakali voleybolchilar sakrovchanligi sakrash chidamkorligining o’sishini kuzatib kelgan M.Boyirbekov (2003) ilmiy va amaliy ahamiyatga ega qator xulosalar qilishga muvaffaq bo’ldi. Jumladan, uning fikricha yuqori malakali voleybolchilar bir o’yin mobaynida zarba berish va to’siq qo’yish uchun 306 martadan 600 martagacha sakrar ekanlar. Ushbu malakalarni ijpo etish uchun eng ko’p marta sakrash 4 partiyaga to’g’ri keladi (142 marta). To’siq qo’yish uchun sakrash (122), zarba berish uchun sakrashdan ko’prok, qaytarilar ekan (113 marta). Kuzatuvlarga ko’ra bitta trenirovka mashg’uloti davomida bajariladigan sakrash soni, bitta musobaqada sakrash sonidan kam ekanligi aniqlangan.
Yuqorida qayd etilganidek o’yin davomida sakrash sifatini nafaqat soni, balki uni qanday balandlikda ijro etilayotganligi katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun bu sifatni dastlabki bosqichidan boshlab, samarali mashqlar asosida shakllantirish zarur. Sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini oshirishda nafaqat maxsus maiщlar, balki turli moslama-trenajyorlardan ham foydalanish yaxshi natija beradi.
Masalan: Sakrash tumbasi sakrovchanlikni va sakrash chidamliligini rivojlantiradi. Tumba bo’limlardan iborat bo’lib, uni har hil balandlikka qo’yish mumkin. Asosan sakrovchanlikni oshirishda bajariladigan mashqlar quydagilardan borat. Bir oyoqda va ikki oyoqda depsinib sakrash; sakrab utish; yuoriga sakrash va xujumchi zarbasini bajarishdagi sakrashlar kiradi.
Adabiyotlar ro’yhati.
1. Xaydarov, I. (2021). Ways to Prepare for the Profession by Inculcating a Healthy Lifestyle in the Minds of Students : Ways to Prepare for the Profession by Inculcating a Healthy Lifestyle in the Minds of Students . Физическое воспитание, спорт и здоровье, 5(5). извлечено от https://pshedu.jspi.uz/index.php/pshedu/article/view/4493
2. Xaydarov, I. (2022). YOSH GIMNASTIKACHILARDA MAXSUS-HARAKAT TAYYORGARLIGI KO‘RSATKICHLARINING DARAJASINI ANIQLASH. Физическое воспитание, спорт и здоровье, 5(5). извлечено от https://pshedu.jspi.uz/index.php/pshedu/article/view/4756
3. Xaydarov, I. (2021). Ways to Prepare for the Profession by Inculcating a Healthy Lifestyle in the Minds of Students : Ways to Prepare for the Profession by Inculcating a Healthy Lifestyle in the Minds of Students . Физическое воспитание, спорт и здоровье, 5(5). извлечено от https://pshedu.jspi.uz/index.php/pshedu/article/view/4493
4. Xaydarov, I. (2022). Zamonaviy voleybol o’yinida sakrovchanlikni rivojlantirishning dolzarbligi.: Zamonaviy voleybol o’yinida sakrovchanlikni rivojlantirishning dolzarbligi. Физическое воспитание, спорт и здоровье, 5(5). извлечено от https://pshedu.jspi.uz/index.php/pshedu/article/view/4992
5. Xaydarov, I. (2021). O‟QUVCHILARINING JISMONIY SIFATLARINI TARBIYALASH VA CHINIQTIRISH USULLARI. Физическое воспитание, спорт и здоровье, 3(3). извлечено от https://pshedu.jspi.uz/index.php/pshedu/article/view/2772
6. Xaydarov, I. (2022). В развитии физических качеств волейболистов 14-16 лет Анкетное исследование опыта использования экшн-игр. Физическое воспитание, спорт и здоровье, 1(1). извлечено от https://pshedu.jspi.uz/index.php/pshedu/article/view/5150